Samsung MC32K7055CT Benutzerhandbuch

Seite von 256
38  O'zbek
Pechdan f
oy
dalanish
Pechdan foydalanish
Avtomatik tarzda muzdan tushirish funksiyalaridan foydalanish
Ускоренная Разморозка (Tez muzdan tushirish) funksiyalari go'sht, parranda go'shti, baliq, non mahsulotlari, tort 
va mevani muzdan tushirishga imkon beradi. Muzdan tushirish vaqti va quvvat darajasi avtomatik ravishda o'rnatiladi. 
Dastur va mahsulotlar og'irligini tanlashning o'zi yetarli.
IZOH
Faqat mikroto'lqinli pechda foydalanish uchun xavfsiz bo'lgan qabul qiluvchilardan foydalaning.
Eshikni oching. Tayyorlanayotgan taomni aylanuvchi patnisning markaziga qo'ying. Eshikchani yoping.
1
1.  Ускоренная Разморозка (Tez muzdan tushirish) 
tugmasini bosing.
3
4
5
2
2.  Funksiyalarni tanlash doiraviy shkalasini buragan 
holda tayyorlanayotgan taom turini tanlang. Avvaldan 
dasturlashtirilgan turli qizdirish rejimlarining bayoni keyingi 
sahifadagi jadvalda keltirilgan. Shu vaqtda taom turini 
tanlash uchun Funksiyalarni tanlash doiraviy shkalasini 
bosing.
3.  Funksiyalarni tanlash doiraviy shkalasini buragan holda 
porsiya miqdorini tanlang.
4.  СТАРТ/+30s (START/+30S) tugmasini bosing.
Natija: 
•  Mahsulotlarning muzdan tushishi boshlanadi.
•  Muzdan tushirish vaqtining yarmi o'tganda, pech 
mahsulotlarni ag'darish kerakligini eslatgan holda 
tovushli signallar beradi.
5.  Muzdan tushirishni tamomlash uchun yana СТАРТ/+30s 
(START/+30S) tugmasini bosing.
Natija: 
Tayyorlash yakunlangandan keyin.
1)  Pech 4 marta tovushli signal beradi.
2)  Ovqat tayyorlash jarayoni yakunlanganini eslatuvchi 
tovushli signal 3 marta (bir daqiqa intervali bilan) 
beriladi.
3)  Displey yana joriy vaqtni ko'rsatadi.
Tez muzdan tushirish qo‘llanmasi
Quyida keltirilgan jadvalda Ускоренная Разморозка (Tez muzdan tushirish) rejimining turli dasturlari, mahsulot 
hajmi va tegishli tavsiyalar keltirilgan. Muzdan tushirishdan avval har qanday o'rama materiallarni olib tashlash kerak. 
Muzlatilgan go'sht, tovuq yoki baliqni yassi shisha yoki sopol idishga, non, tort va mevani esa– oshxona qog'oziga 
joylashtiring.
Kod/Taom
Porsiya hajmi
Ko'rsatmalar
1
Go'sht
200-1500 g
Chetlarini alyuminiy folga bilan yoping. Pech tovushli signal berganida 
go'shtni aylantiring. Ushbu dastur mol go'shti, qo'y go'shti, cho'chqa 
go'shti, bifshtekslar, to'qmoqlangan go'sht, qiymani muzdan tushirish 
uchun mo'ljallangan. 20-60 daqiqa kuting.
2
Parranda
200-1500 g
Oyoqlari va qanotlarining uchini alyuminiy folga bilan yoping. Pech 
tovushli signal berganida parranda go'shtini aylantiring. Siz tovuqni ham 
butunligicha, ham bo'laklar ko'rinishida muzdan tushirishingiz mumkin. 
20-60 daqiqa kuting.
3
Baliq
200-1500 g
Butun baliqning dumini alyuminiy folga bilan yoping. Pech tovushli signal 
berganida baliqni aylantiring. Ushbu dastur baliqni ham butunligicha, 
ham baliq filesining bo'laklari ko'rinishida muzdan tushirish uchun 
mo'ljallangan. 20-50 daqiqa kuting.
4
Non/Pirog
125-1000 g
Nonni oshxona qog'ozi bo'lagiga joylashtiring va tovushli signal bo'lishi 
bilan ag'daring. Pirogni sopol idishga joylashtiring va imkoni boricha 
tovushli signal bo'lishi bilan ag'daring. (Pech ishlashda davom etadi va 
eshikcha ochilishi bilan to'xtaydi). Bu dastur barcha turdagi kesilgan yoki 
butun nonlar hamda bulochkalar va fransuz batonlari uchun mos keladi. 
Aylana shaklda joylashtiring. Bu dastur barcha turdagi achitqili pishiriqlar, 
biskvitlar, tvorogli pudding, qatlamli xamirdan qilingan mahsulotlar uchun 
mos keladi. U yog'li pishiriqlar, mevali tortlar va kremli tortlar hamda 
shokolad qiyomli tortlar uchun to'g'ri kelmaydi. 10-30 daqiqa kuting.
5
Meva
100-600 g
Mevalarni yassi shisha idishga bir tekis qilib joylashtiring. Bu dastur barcha 
turdagi mevalar uchun mos keladi. 5-20 daqiqa kuting.
MW7000K_MC32K7055CT_BW_DE68-04443A-01_RU+UK+KK+UZ.indb   38
2016-09-05     1:45:23