Samsung GE81KRW-2 Benutzerhandbuch

Seite von 112
O'zbek - 17
04
  IDISHLARNI TANLASH BO'YICHA YO'RIQNOMA
MIKROTO'LQINLAR VA GRILDAN BIRGALIKDA FOYDALANISH
Taomni tezda tayyorlash va uni qizartirish uchun siz taom tayyorlashda mikroto'lqinlar va 
grildan birgalikda foydalanishingiz ham mumkin.
DOIMO mikroto'lqinli pechda ham, oddiy isitish shkafida ham foydalanish mumkin 
bo'lgan anjomlardan foydalaning. Buning uchun shisha va sopol idishlar juda bop 
hisoblanadi, chunki ular mikroto'lqinlarning taomga bir tekis kirishiga imkon beradi.
DOIMO pechdagi idishlarni qo‘lqop bilan ushlang, chunki ular qizigan bo'ladi.
1.  Boshqaruv panelining quyi chap burchagidagi katta 
tugmachani bosgan holda pech eshikchasini oching. Taomni 
panjaraga, panjarani esa aylanuvchi patnisga joylashtiring. 
Eshikchani yoping.
2.  TAYYORLASH QUVVATINI BOSHQARISH dastasini 
tegishli quvvat darajasiga (
) aylantiring.
3.  Kerakli vaqtni tanlash uchun TAYMER dastasini aylantiring. 
(Masalan: 60 daqiqa)
Natija: 
Tayyorlash boshlanadi.
Mikroto'lqinlar va grildan birgalikda foydalanish rejimidagi eng yuqori quvvat darajasi 
600 Vt.
AKSESSUARLARNI TANLASH
Mikroto'lqinli pechdan foydalanish uchun xavfsiz bo'lgan 
anjomlardan foydalaning; plastmassa sig'imlar, tarelkalar, qog'oz 
kosachalar, sochiq kabilardan foydalanmang.
Agar birlgalikda tayyorlash rejimini (gril va mikroto'lqinlar) 
tanlamoqchi bo'lsangiz, faqat mikroto'lqinli pechda ham, oddiy 
isitish shkafida ham foydalanish mumkin bo'lgan anjomlardan 
foydalaning.
Mos keladigan idishlar to'g'risida qo'shimcha ma'lumot uchun 17-18-sahifalardagi 
"Idishlarni tanlash bo'yicha yo'riqnoma" bo'limiga qarang.
idishlarni tanlash bo'yicha yo'riqnoma
Mikroto'lqinli pechda yaxshi taom tayyorlash uchun mikroto'lqinlar taom ichiga kirishlari va 
foydalaniladigan idishlardan qaytmasliklari va ularga singmasliklari kerak. Shuning uchun idishlarni 
tanlashda juda ehtiyot bo’lish kerak. Agar idishda mikroto’lqinli pechlarda foydalanish mumkinligi ko’rsatib 
qo’yilgan bo’lsa, undan foydalanish mumkin. Quyidagi jadvalda turli oshxona anjomlari keltirilgan va 
ularning mikroto’lqinli pechda foydalanish mumkinligi va qay tarzda foydalanilishi kerakligi ko’rsatilgan.
Oshxona anjomlari
Mikroto'lqinli 
pechda 
foydalanish 
uchun xavfsiz
Sharhlar
Alyuminiy folga
✓ ✗
Taomning ba'zi joylarini kuyib ketishdan himoya 
qilish uchun oz miqdorda ishlatilishi mumkin. Agar 
folga pech devoriga juda yaqin joylashgan bo'lsa 
yoki folga juda ko'p miqdorda ishlatilayotgan bo'lsa, 
elektr yoyi hosil bo'lishi mumkin.
Qizartirish uchun idish
Oldindan 8 daqiqadan ko'p qizdirmang.
Chinni va sopol buyumlar
Odatda chinni, keramika, sir bilan qoplangan 
keramika va Xitoy chinnisi, agar ularda metall bezak 
bo'lmasa, mos keladi.
Bir martalik plastik 
tog'orachalar
Ba'zi bir muzlatilgan mahsulotlar ana shunday 
tog'orachalarga solinib o'raladi.
Tez tayyorlanadigan 
mahsulotlar o'rami
•  Polistirol stakanchalar va 
konteynerlar
Taomni isitish uchun foydalanish mumkin. 
Polistirolning qizib ketishi erishga olib kelishi mumkin.
•  Qog'oz paketlar yoki 
gazetalar
Yonib ketishi mumkin.
•  Ikkilamchi xom-ashyodan 
tayyorlangan qog'oz yoki 
metall bezak
Elektr yoyini keltirib chiqarishi mumkin.
Shisha idish
•  Toblangan shishadan 
tayyorlangan idish
Metall bezagi bo'lmasa, ishlatish mumkin.
•  Yupqa shisha idish
Taom va suyuqliklarni isitish uchun foydalanish 
mumkin. Yupqa shisha keskin qizgan paytda sinishi 
yoki yorilishi mumkin.
(davomi)
GE81KR_GE81MR_GE81AR_BWT_DE68-04284A-01_UZ.indd   17
2014-07-11     4:22:29