Samsung MG23K3573AS Benutzerhandbuch

Seite von 192
O'zbek  33
Taom ta
yy
orlash bo
'yicha y
o'riqnoma
Taom tayyorlash bo'yicha yo'riqnoma
Mikroto‘lqinlar
Mikroto'lqinlar quvvati taomda mavjud bo'lgan suv, yog' va shakarga tortilgan va singgan holda deyarli taomning 
ichiga kiradi.
Mikroto'lqinlar taom molekulalarini tezroq tebranishga majbur qiladi. Bu molekulalarning tez tebranishlari sirpanish 
hosil qiladi, sirpanish natijasida hosil bo'lgan issiqlik esa taomni pishiradi.
Taom tayyorlash
Mikroto'lqinli pech uchun oshxona idishlari:
Oshxona idishlari tayyorlashning eng yuqori darajada samarali bo'lishini ta'minlash uchun mikroto'lqinlarga o'zlari 
orqali o'tishiga imkon berishlari kerak. Mikroto'lqinlar zanglamaydigan po'lat, alyuminiy va mis kabi metallardan 
qaytadi, biroq ular sopol, shisha, chinni va plastmassa hamda qog'oz va yog'ochlardan o'ta oladilar. Shuning uchun 
tayyorlashda metall idishlardan foydalanish taqiqlanadi.
Mikroto'lqinli pechda tayyorlash mumkin bo'lgan mahsulotlar:
Mikroto'lqinli pechda mahsulotlarning juda ko'p turlarini, jumladan yangi uzilgan yoki muzlatilgan sabzavotlar, 
mevalar, makaron mahsulotlari, guruch, dukkakli mahsulotlar, baliq va go'sht kabilarni tayyorlash mumkin. 
Mikroto'lqinli pechda yana souslar, qaynatilgan kremlar, sho'rvalar, bug'li pudinglar, konservalar, ziravorlarni ham 
tayyorlash mumkin. Umuman olganda oshxona plitasida tayyorlanadigan har qanday taomlarni mikroto'lqinli pechda 
tayyorlash mumkin. Masalan, yog' yoki shokoladni eritish mumkin (maxsus maslahatlar berilgan bo'limga qarang).
Tayyorlash vaqtida qopqoqdan foydalanish
Tayyorlash vaqtida taomning ustini yopib qo'yish juda muhim, chunki bug'lanayotgan suv tayyorlash jarayoniga o'z 
hissasini qo'shuvchi bug'ga aylanadi. Taomni turli usullarda o'rash mumkin, masalan, keramik idish, plastik qopqoq 
yoki mikroto'lqinga mos keladigan oziq-ovqat plyonkasi.
Kutish vaqti
Tayyorlash nihoyasiga yetgandan keyin taomning barcha qismlari bo'yicha haroratning tenglashishi uchun biroz 
kutish juda muhimdir.
Oshxona anjomlari
Mikroto'lqinli 
pechda foydalanish 
uchun xavfsiz
Sharhlar
Metall
•  Taomlar
Elektr yoyini yoki alangalanishni keltirib chiqarishi mumkin.
•  Paketlarni bog'lash uchun 
buralgan simlar
Qog‘oz
•  Tarelkalar, stakanchalar, 
salfetkalar va oshxona 
qog'ozi
Qisqa vaqtda tayyorlash va isitish uchun. Shuningdek, 
ortiqcha namlikni yutish uchun yaroqli.
•  Ikkilamchi xomashyodan 
qayta ishlangan qog'oz
Elektr yoyini keltirib chiqarishi mumkin.
Plastik
•  Konteynerlar
Ayniqsa, agar bu issiqlikka chidamli termoplastik bo'lsa. 
Boshqa ayrim plastiklar yuqori harorat ta'sirida qiyshayib 
qolishi, rangini yo'qotishi mumkin. Melaminli plastikdan 
foydalanmang.
•  Qoplovchi plyonka
Namlikni ushlab turish uchun qo'llanilishi mumkin. Taomga 
tegmasligi kerak. Plyonkani olayotganda ehtiyot bo'ling, 
chunki tashqariga issiq bug' chiqadi.
•  Muzlatish uchun paketlar
✓✗
Ularni qaynatish mumkin bo'lsa yoki ular pechda ishlatish 
uchun yaroqli bo'lsa. Germetik yopilgan bo'lmasligi kerak. 
Zarurat tug'ilganida, ularni vilka bilan teshing.
Parafinlangan yoki yog' 
o'tkazmaydigan qog'oz
Namlikni ushlab turish va sachrashning oldini olish uchun 
ishlatilishi mumkin.
: Tavsiya
✓✗
: Ehtiyotkorlik bilan foydalaning
: Foydalanish xavfsiz emas
MG23K3573AS_BW_DE68-04403R-01_RU+UK+KK+UZ.indb   33
2016-09-05     4:22:54