Samsung NQ50H5537KB Benutzerhandbuch

Seite von 240
Tayyorlagandan keyin bir vaqt o'tgandan keyinroq patnis yoki taglikni suvga solmang, 
chunki bu patnis yoki taglikning shikastlanishiga olib kelishi mumkin.
Mikroto'lqinli pechdan yog'ni yaxshilab qovurish uchun foydalanmang, chunki yog' 
haroratini boshqarib bo'lmay qolishi mumkin. Bu qaynoq suyuqlikning to'satdan yonib 
ketishiga olib kelishi mumkin.
 
diqqat
Faqat mikroto'lqinli pechlarga mos keluvchi idishlardan foydalaning; Metalldan 
yasalgan konteynerlar, oltin yoki kumush qoplangan oshxona idishlari, shampurlar, 
vilkalar kabilardan FOYDALANMANG.
O'ralgan o'tkazgichni qog'oz yoki plastik qadog'idan oling.
Sababi: Elektr yoyi yoki uchqun hosil bo'lishi, bu esa pechning shikastlanishiga olib 
kelishi mumkin.
Qog'oz yoki kiyimlarni quritish uchun mikroto'lqinli pechdan foydalanmang.
Oz miqdordagi taomlarni isitishda taomning ortiqcha isib ketishi yoki buzilishini oldini 
olish uchun vaqtni qisqartiring.
Elektr manbaiga ulash kabeli va vilkasini suvga botirilishiga yo'l qo'ymang va kabelni 
issiqlik manbalaridan uzoqroq joylashtiring.
Butun tuxum va qotirib pishirilgan tuxumni mikroto'lqinli pechda isitib bo'lmaydi, 
chunki ular hattoki isitish jarayoni tugagandan keyin ham mikroto'lqinli pech 
ichida portlab ketishlari mumkin; Shuningdek, germetik yopilgan butilka, banka, 
konteynerlar, butun yong'oq, pomidor kabilarni isitish mumkin emas.
Havo almashish tirqishlarini mato yoki qog'oz bilan yopib qo'ymang. Bu materiallar 
pechdan chiqayotgan issiq havo ta'sirida yonib ketishi mumkin. Pech ortiqcha qizib 
ketishi va avtomatik o'chib qolishi mumkin va u yetarli darajada sovuginicha o'chiq 
holda qoladi.
Tasodifiy kuyishning oldini olish uchun idishlarni pechdan olishda doimo qo'lqoplardan 
foydalaning.
Suyuqlikni isitish vaqtida va undan keyin aralashtiring va kuchli qaynashning oldini 
olish uchun pech o'chganidan keyin kamida 20 soniya kuting.
Eshikchani ochganda issiq havo yoki bug'dan kuyib qolishning oldini olish uchun 
pechdan uzatilgan qo'l masofasida turish kerak.
Bo'sh mikroto'lqinli pechni yoqmang. Xavfsizlikni ta'minlash maqsadida mikroto'lqinli 
pech 30 daqiqadan keyin avtomatik ravishda o'chadi. Pech tasodifan yoqilgan 
hollarda mikroto'lqinlarni yutishi uchun uning ichiga bir stakan suvni joylashtirish 
tavsiya qilinadi.
Bu qo'llanmada ko'rsatilgan oraliqlarga asoslangan holda pechni o'rnating. 
("Mikroto'lqinli pechni o'rnatish" bo'limiga qarang.)
Boshqa elektr jihozlarini pechga yaqin joylashgan rozetkalarga ulashda ehtiyot 
choralariga amal qiling.
mikrOtO'lqinlar Ortiqcha qUvvatlarining ehtimOliy ta'sirini Oldini 
Olish bO'yicha ehtiyOtkOr chOralari. (faqat mikrOtO'lqin fUnksiyasi)
Quyidagi ehtiyot choralariga amal qilmaslik mikroto'lqinli nurlanishning organizmingizga zararli ta'siriga olib kelishi 
mumkin.
(a)  Har qanday holatda ham eshikchasi ochiq turgan pechni ishlatishga urinmang, blokirovka qiluvchi 
kontaktlarni (eshikcha qulfi)ni buzmang yoki blokirovka qiluvchi kontaktlarning tirqishlariga biror narsa 
tiqmang.
O'zbek - 14
NQ50H5537KB_WT_DE68-04306A-00_UZ.indd14
2014-10-07��10:37:13