Samsung MG22M8054AK Benutzerhandbuch

Seite von 192
O'zbek  37
Taom tayyorlash bo'yicha yo'riqnoma
Suyuqlikni isitish
Suyuqlikning barcha qismlaridagi harorat tenglashishi uchun pech o'chirilgandan keyin kamida 20 soniya kuting. Zarur 
bo'lgan hollarda suyuqlikni aralashtiring va isitilgandan keyin uni DOIMO aralashtiring. Suyuqlikning qaynab ketishi va 
kuyib qolishni oldini olish uchun ichimlik solingan stakanga qoshiqcha yoki shisha tayoqcha soling va isitish vaqtida va 
isitgandan keyin uni aralashtiring.
Chaqaloq ovqatini isitish
Chaqaloq ovqati:
Taomni chuqur sopol idishga soling. Plastmassa qopqoq bilan yoping. Isitgandan keyin yaxshilab aralashtiring! 
Ovqatlantirishdan avval 2-3 daqiqa kuting. Yana aralashtiring va haroratni tekshiring. Dasturxonga tortishda tavsiya 
qilingan harorat: 30-40 °C.
Go‘dak suti:
Sutni sterillangan shisha butilkaga quying. Berkitmagan holda isiting. Sutni hech qachon butilkaga so'rg'ich kiydirilgan 
holda isitmang, ortiqcha qizib ketganda butilka portlab ketishi mumkin. Kutib turish vaqti oldidan va keyin silkiting! Bolalar 
suti yoki taomini bolaga berishdan avval doimo haroratini yaxshilab tekshiring. Dasturxonga tortishda tavsiya qilingan 
harorat: 37 °C.
Izoh:
Kuyishning oldini olish uchun bolaga berishdan avval bolalar taomlarining haroratini juda puxta tekshirish lozim. Quyidagi 
jadvalda ko'rsatilgan quvvat darajalari va isitish vaqt oraliqlariga amal qiling.
Suyuqlik va taomlarni isitish
Jadvalda ko'rsatilgan quvvat darajalari va vaqt oraliqlaridan isitishdagi qo'llanma sifatida foydalaning.
Oziq-ovqat
Porsiya hajmi
Quvvat
Vaqt (daq.)
Ichimliklar (qahva, choy 
va suv)
150 ml (1 piyola)
250 ml (1 stakan)
850 Vt
1-1½
1½-2
Ko'rsatmalar
Suyuqlikni sopol idishga quying va qopqog'ini yopmagan holda isiting. Idish/stakanni 
aylanuvchi patnisning markaziga joylashtiring. Kutish vaqti davomida pechning ichida 
qoldiring va yaxshilab aralashtiring. 1-2 daqiqa kuting.
Sho‘rva (sovitilgan)
250 g
850 Vt
3-3½
Ko'rsatmalar
Chuqur sopol tarelkaga quying. Plastmassa qopqoq bilan yoping. Isitgandan keyin 
yaxshilab aralashtiring. Dasturxonga tortishdan avval yana aralashtiring. 2-3 daqiqa 
kuting.
Dimlangan go'sht yoki 
baliq (sovutilgan)
350 g
600 Vt
5½-6½
Ko'rsatmalar
Dimlangan go'sht yoki baliqni chuqur sopol idishga soling. Plastmassa qopqoq bilan 
yoping. Isitish vaqtida vaqti-vaqti bilan aralashtirib turing va kutish vaqtidan hamda 
dasturxonga tortishdan avval yana aralashtiring. 2-3 daqiqa kuting.
Sousli makaron 
mahsulotlari (sovutilgan)
350 g
600 Vt
4½-5½
Ko'rsatmalar
Makaron mahsulotlarini (masalan, spagetti yoki tuxumli ugra) tekis sopol idishga soling. 
Mikroto'lqinli pech uchun mo'ljallangan yopishqoq plyonka bilan yoping. Dasturxonga 
tortishdan avval aralashtiring. 3 daqiqa kuting.
Untitled-10   37
2017-02-24     2:02:51