Redmond RHB-2925 User Manual

Page of 40
32
Ishlab chiqaruvchi o’z mahsulotini muntazam takomillashtirish davomida bunday 
o’zgarishlar to’g’risida avvaldan xabardor qilmagan holda mahsulot dizayni, maj-
mualar to’plami hamda texnik xususiyatlariga o’zgarishlar kiritish huquqiga ega.
Modelning tuzilishi A2
1.  Tezlik boshqaruvchisi
2.  Yoqish tugmasi
3.  Turborejim tugmasi
4.  Elektrodvigateli bloki
5.  Nasadkalarni qotirish tugmalari
6.  Elektr ta’minot shnuri
7.  Beshta tig’li nasadka-blender
8.  Maydalagich jomi qopqog’i
9.  Maydalagichning S shaklidagi pichog’i
10.  Maydalagich jomi
11.  Nasadka-gultoj uchun adapter (RHB-2925, RHB-CB2930)
12.  Nasadka-gultoj (RHB-2925, RHB-CB2930)
13.  Pyure tayyorlash uchun nasadka (RHB-2925)
14.  Aralashtirish uchun stakan (RHB-2925, RHB-CB2930)
I. FOYDALANISHNI BOSHLASHDAN AVVAL
Mahsulotni qadog’idan oling, barcha qadoqlash materiallari va reklama nakle-
ykalarini olib tashlang.
Ogohlantiruvchi nakleykalar, ko’rsatkili nakleykalar (mavjud bo’lsa) va uning 
korpusidagi mahsulot seriya raqami ko’rsatilgan yorliqni albatta o’z joyida 
saqlang! Mahsulotda seriya raqamining bo’lmasligi sizni unga kafolatli 
xizmat ko’rsatishdan avtomatik ravishda mahrum qiladi.
Tashigandan yoki quyi haroratlarda saqlagandan keyin yoqishdan avval 
kamida 2 soat jihozni xona haroratida saqlab turish kerak.
Elektr shnurini to’liq yoying. Jihoz korpusini nam latta bilan arting. Olinuvchi
detallarni sovunli suv bilan yuving, elektr tarmog’liga ulashdan avval jihozning
barcha elementlarini yaxshilab quriting.
II. BLENDERDAN FOYDALANISH
Qo’shimcha nasadkalar tufayli blender bir nechta to’liq oshxona asboblari
funksiyalarini bajarishi mumkin:
BLENDER bolalar taomlari, tetiklantiruvchi kokteyllar, pyureli sho’rvalar uchun
masalliqlarni maydalaydi va bir tekis aralashtiradi, mayonez, suyuq xamir ta-
yyorlashda foydalaniladi
Venchik-nasadkali
MIKSER qaymoq, tuxumni ko’pirtiradi, havo kremlari, mus-
salar, turli desertlarni tayyorlashga imkon beradi
S-SHAKLDAGI PICHOQ go’sht, qattiq pishloq, sabzavotlar, o’tlar, sarimsoqpiyoz,
o’rmon va grek yong’oqlarini maydalaydi
PYURE TAYYORLASH UCHUN NASADKA
Asbob va uning nasadkalarining ishlash tartibini ko’rish uchun А3, А4 va А5
sxemalarga qarang.
Nasadkalarning elektr dvigateli bloki bilan ulanish joyini qayta ishlanayotgan 
mahsulotlar bilan yuklantirmang. 
Jihozdan qahva, muz, shakar, yormalar, dukkaklilar va boshqa o’ta qattiq mahsu-
lotlarni maydalash uchun foydalanmang.
Nasadka-blender va nasadka-gultoj bilan ishlaganda idish sifatida maytalagich 
jomidan foydalanmang. Jom tubidagi metall o’q nasadkani shikastlashi mumkin. 
Aralashtirish uchun stakandan foydalaning.
III. JIHOZ USTIDAN QAROV
Jihozni tozalang А1.
ihozni tozalaganda erituvchilardan (benzin, atseton va boshqalar), abraziv va 
kimyoviy jihatdan faol vositalardan, qattiq qoplamali gubkalardan foydalan-
mang.  
Foydalanishdan avval jihozning barcha qismlarini to’liq quriting.Saqlashdan
oldin jihozning barcha qismlarini tozalang va quriting. Jihozni yaxshi shamol-
latiladigan joylarda quyosh nurlaridan va qizdirish jihozlaridan uzoqroqda
saqlang.