Samsung MC32K7055CT User Manual

Page of 256
O'zbek  3
Xa
vf
sizlik bo‘yicha k
o‘
rsa
tmalar
Xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalar
XAVFSIZLIK BO'YICHA MUHIM KO'RSATMALAR
DIQQAT BILAN O'QIB CHIQING VA KEYINCHALIK FOYDALANISH UCHUN 
SAQLAB QO'YING.
FAQAT MIKROTO'LQIN FUNKSIYASI
OGOHLANTIRISH: Agar eshikcha yoki eshikcha zichlagichlari shikastlangan 
bo'lsa, pechni vakolatli shaxs tomonidan ta'mirlanmagunicha ishlatmaslik 
kerak.
OGOHLANTIRISH: Mikroto'lqin quvvatlarining ta'siridan himoya qiluvchi 
qopqoqni ochish bilan bog'liq xizmat ko'rsatish yoki ta'mirlash vakolatli shaxs 
tomonidan bajarilishi kerak, chunki bu zararlidir.
OGOHLANTIRISH: Suyuqlik va boshqa taomlar mahkam yopilgan idishlarda 
isitilmasligi kerak, chunki ular portlab ketishi mumkin.
OGOHLANTIRISH: Bolalarga pechdan qarovsiz foydalanishlariga faqat 
bola pechdan xavfsiz ravishda foydalana oladigan va noto'g'ri foydalanish 
xavfliligini tushunganda kerakli ko'rsatmalar berilgandan keyingina ruxsat 
bering.
Bu qurilma faqat ro‘zg‘orda ishlatishga mo‘ljallangan, uni quyidagi joylarda 
ishlatmang:
•  do‘kon, idora yoki boshqa ishxonalarda xodimlar oshxonasida;
•  og‘ilxonalarda;
•  mehmonxona va boshqa yashash joylarida mijozlar tomonidan;
•  to‘shak va nonushta turidagi mehmonxonalarda.
Faqat mikroto'lqinli pechlarda foydalanish uchun xavfsiz bo'lgan idishlardan 
foydalaning.
Plastik yoki qog'oz idishlardagi taomlarni isitganda yonib ketish xavfi 
mavjudligi tufayli ehtiyot bo'ling.
Mikroto‘lqin yordamida pishirishda taom va ichimliklarni metall idishlarga 
solish mumkin emas.
Bu mikroto'lqinli pech taomlar va ichimliklarni isitish uchun mo'ljallangan. 
Taomlar yoki kiyimlarni quritish va yostiqchalar, shippaklar, gubkalar, nam 
kiyimlar kabilarni isitish jarohat olish, uchqun chiqishi yoki yong'in xavfining 
vujudga kelishiga olib kelishi mumkin.
Tutun chiqsa, qurilmani o'chiring yoki elektr tarmog'iga ulash kabelini 
rozetkadan sug'uring va har qanday alangani o'chirish uchun eshikchani 
ochib qo'ying.
Ichimliklarni mikroto'lqin yordamida isitish natijasida qaynab, otilib ketishi 
mumkin, shuning uchun idishlarni ushlashda ehtiyot bo'lish lozim.
Ovqatlantirish uchun butilka va bolalar ozuqalari uchun bankalarning 
ichidagilarni aralashtirish yoki silkitish hamda kuyishning oldini olish uchun 
iste'mol qilishdan avval haroratini tekshirib ko'rish kerak.
Butun tuxum va qotirib pishirilgan tuxumni mikroto'lqinli pechda isitib 
bo'lmaydi, chunki ular hattoki isitish jarayoni tugagandan keyin ham 
mikroto'lqinli pech ichida portlab ketishi mumkin.
MW7000K_MC32K7055CT_BW_DE68-04443A-01_RU+UK+KK+UZ.indb   3
2016-09-05     1:45:19