Samsung MC32K7055CT User Manual

Page of 256
O'zbek  39
Pechdan f
oy
dalanish
Qaynoq havo
Qaynoq havo rejimi an’anaviy pechga o‘xshash. Bunda mikroto'lqin rejimidan foydalanilmaydi. Siz 40 °C dan 200 °C 
gacha bo'lgan diapazondagi talab qilingan haroratni o'rnatishingiz mumkin. Maksimal tayyorlash vaqti 60 daqiqa. 
•  Doimo pechdagi idishlarni qo‘lqop bilan ushlang, chunki ular qizigan bo'ladi. 
•  Agar pastki tokchadan foydalansangiz, qizargan po'stga ega bo'lgan holda eng yaxshi tayyorlangan taomni olasiz. 
Eshikchani oching va qabul qiluvchini pastki tokchaga qo'ying va aylanuvchi patnisni o'rnating.
1
1.  Аэрогриль Hot Blast (Qaynoq havo) tugmasini bosing.
Natija: 
Quyidagi ko‘rsatkichlar ko‘rsatiladi: 
(Qaynoq havo rejimi)
180 °C
(Harorat)
3
4
5
2
2.  Funksiyalarni tanlash doiraviy shkalasini buragan holda 
haroratni o‘rnating. 
(Harorat : 40-200 °C, 10 °C oraliq)
•  5 soniya ichida haroratni qo'ymasangiz, avtomatik 
ravishda tayyorlash vaqtini o'rnatish bosqichiga 
o'zgaradi.
3.  Funksiyalarni tanlash doiraviy shkalasini bosing.
4.  Funksiyalarni tanlash doiraviy shkalasini buragan holda 
tayyorlash vaqtini o‘rnating. 
(Agar pechni qizdirib olmoqchi bo‘lsangiz, buni tanlang 
“ : 0”)
5.  СТАРТ/+30s (START/+30S) tugmasini bosing.
Natija: 
Tayyorlash boshlanadi. Tayyorlash 
yakunlangandan keyin.
1)  Pech 4 marta tovushli signal beradi.
2)  Ovqat tayyorlash jarayoni yakunlanganini eslatuvchi 
tovushli signal 3 marta (bir daqiqa intervali bilan) 
beriladi.
3)  Displey yana joriy vaqtni ko'rsatadi.
Tovadan foydalanish
Ushbu tova nafaqat gril bilan taomning ustini qizartirishga imkon beradi, balki tovaning yuqori harorati tufayli 
taomning tag qismi ham qarsildoq va qizargan holda bo'ladi. Tovada tayyorlash mumkin bo'lgan bir necha taomlar 
jadvalda keltirilgan (keyingi sahifaga qarang). Tovadan yana bekon, tuxum, sosiska kabilarni tayyorlash uchun 
foydalanish mumkin.
1.  Tovani to'g'ridan-to'g'ri aylanuvchi patnis ustiga 
joylashtiring va jadvaldagi vaqtlar va ko'rsatmalarga amal 
qilgan holda uni Mikroto'lqin-Gril rejimlaridan birgalikda 
foydalanishning eng yuqori quvvati [600 Vt + Gril] bilan 
avvaldan isitib oling.
2.  Agar siz bekon va tuxum singari taomlarni tayyorlayotgan 
bo'lsangiz, taom yaxshi qizarishi uchun tovani yog'lang.
3.  Taomni tovaga joylashtiring.
4.  Tovani mikroto'lqinli pechdagi metal panjaraga (yoki 
aylanuvchi patnisga) joylashtiring.
5.  Tegishli tayyorlash vaqti va quvvat darajasini tanlang.  
(Yon tomondagi jadvalga qarang)
DIQQAT
•  Tovani olishda doimo qo'lqoplardan foydalaning, chunki u juda issiq bo'ladi.
•  Tovaga issiqqa chidamsiz bo'lgan buyumlarni joylashtirmang.
•  Tovani hech qachon aylanuvchi patnisga ega bo'lmagan pechga joylashtirmang.
•  Iltimos, tovani idish yuvish mashinasida yuvib bo'lmasligini yodda tuting.
IZOH
•  Shuni yodda tutingki, tova oson tirnaluvchi teflon qatlamiga ega. Tova ustida taomni kesish uchun pichoq kabi 
o'tkir buyumlardan foydalanmang.
•  Tovani iliq suv va yuvish vositasi bilan tozalang va toza suv bilan chaying.
•  Qattiq chyotka yoki dag'al gubkadan foydalanmang, ular yuqori qatlamni shikastlab qo'yishi mumkin.
MW7000K_MC32K7055CT_BW_DE68-04443A-01_RU+UK+KK+UZ.indb   39
2016-09-05     1:45:23