Samsung MC32K7055CT User Manual

Page of 256
58  O'zbek
Noso
zlik
larni bar
tar
af qilish v
a axbor
ot k
odi
Nosozliklarni bartaraf qilish va axborot kodi
Nosozliklarni bartaraf etish
Agar sizda quyida keltirilgan muammolardan birortasi mavjud bo'lsa, berilgan maslahatlar bilan hal qilishga harakat 
qiling.
Muammo
Sababi
Chora
Asosiy
Tugmalar tegishlicha 
bosilmayapti.
Tugmalar orasiga yot jism kirib 
qolishi mumkin.
Yot jismni olib tashlab, qayta urining.
Sensorli modellarda: Namlik 
tashqi tomonida.
Namlikni artib tashlang.
Bolalardan qulflash ishga 
tushgan.
Bolalardan qulflashni o‘chiring.
Vaqt ko‘rsatilmayapti.
Eko (quvvat tejovchi) funksiya 
qo‘yilgan.
Eko funksiyasini o‘chiring.
Pech ishlamayapti.
Tok yo‘q.
Tok borligiga ishonch hosil qiling.
Eshik ochiq.
Eshikni yopib, qayta urining.
Eshikni ochadigan xavfsizlik 
mexanizmlari yot jism bilan 
yopilib qolgan.
Yot jismni olib tashlab, qayta urining.
Pech ishlab turganida 
to‘xtaydi.
Foydalanuvchi taomni ag‘darish 
uchun eshikni ochgan.
Taomni ag‘dargach, ishlashni boshlash 
uchun Start tugmasini yana bosing.
Jelatinni eritish
Quruq jelatin plastinkalarini (10 g) 5 daqiqa sovuq suvga soling.
Jelatindan suvni oqizib tashlang va uni issiqqa chidamli kichkina tarelkaga joylashtiring.
300 Vt quvvatda 1 daqiqa qizdiring. Eriganidan keyin aralashtiring.
Qiyom tayyorlash (pishiriq va pechenye uchun)
Tez tayyorlanadigan qiyomni (taxminan 14 g) 40 g shakar va 250 ml sovuq suv bilan aralashtiring. Issiqqa chidamli 
shishadan yasalgan idishda ustini yopmasdan qiyom shaffof rangga kirgunicha 900 Vt quvvatdan foydalanib  
3½ daqiqadan 4½ daqiqagacha tayyorlang. Tayyorlash vaqtida ikki marta aralashtiring.
Jem tayyorlash
600 g mevani (masalan, mevalar aralashmasi) issiqqa chidamli shishadan qilingan qopqoqli idishga soling. 
Konservalash uchun 300 g shakar qo‘shing va yaxshilab aralashtiring.
Qopqoqni yopgan holda 900 Vt quvvatda 10-12 daqiqa tayyorlang.
Tayyorlash vaqtida bir necha marta aralashtiring. Burama qopqoqli jem uchun mo'ljallangan kichkina bankachalarga 
soling. 5 daqiqaga qopqog‘ini pastga qilib qo‘ying.
Puding tayyorlash
Puding konsentratiga shakar va sutni (500 ml) konsentrat ishlab chiqaruvchisi ko'rsatmalariga amal qilgan holda 
qo'shing va yaxshilab aralashtiring. Qopqoqli issiqqa chidamli shishadan qilingan idishdan foydalaning. Qopqoqni 
yopgan holda 900 Vt quvvatda 6½ daqiqadan 7½ daqiqagacha pishiring.
Tayyorlash jarayonida bir necha marta yaxshilab aralashtiring.
Bodom bo‘lakchalarini qizartirish
30 g bodom bo‘lakchalarini o‘rtacha o‘lchamdagi sopol tarelkaga tekis qatlam qilib yoying.
600 Vt quvvatda 3½ daqiqadan 4½ daqiqagacha tayyorlang, tayyorlash vaqtida bir necha marta aralashtiring.
Pechda 2-3 daqiqa qoldiring. Qalin qo'lqopdan foydalangan holda oling!
MW7000K_MC32K7055CT_BW_DE68-04443A-01_RU+UK+KK+UZ.indb   58
2016-09-05     1:45:26