Samsung MG23F301TQW User Manual

Page of 176
26
O'ZBEK
ISSIQ SAQLASH XUSUSIYATLARIDAN FOYDALANISH
Issiq tutish ( ) xususiyati taom dasturxonga tortilgunicha issiq saqlaydi.
Tortishga tayyor bo‘lgunicha taomni issiq saqlash uchun shu funksiyadan foydalaning.
Yuqoriga/Pastga tugmasini bosib, haroratni qaynoq yoki o‘rtacha qilib tanlashingiz mumkin.
1.  Поддержание тепла (Issiq tutish) ( ) tugmasini bosing.
Поддержание тепла (Issiq tutish) ( ) tugmasini bosib, isitish 
haroratini tanlang.
1. Qaynoq
2. O'rtacha
2.  СТАРТ/+30СЕК ( ) tugmasini bosing.
Natija : 
Taom avvaldan dasturlashtirilgan parametrlarga 
muvofiq tayyorlanadi.
•  Tayyorlash nihoyasiga yetishi bilan pech 
tovushli signal beradi va "End" 4 marta 
miltillaydi. Keyin pech har daqiqada bir marta 
tovushli signal beradi.
TAVSIYA ETILGAN ISSIQ SAQLASH REJIMI MENYUSI
1. Qaynoq
Lazanya, sho‘rva, gratin, zapekanka, pitsa, steyk (yaxshi pishgan), bekon, baliq 
taomlari, quruq kekslar
2. O'rtacha Pirog, non, tuxumdan taomlar, steyk (chala pishgan)
Sovuq taomlarni isitish uchun bu funksiyadan foydalanmang. Bu dastur hozirgina pishgan 
taomni issiq saqlashga mo‘ljallangan.
Taomni uzoq vaqt (1 soatdan oshiq) issiq saqlash tavsiya etilmaydi, chunki haddan 
tashqari pishib ketadi. Issiq taom tez buziladi.
Qopqoq yoki plastik o‘ram bilan yopmang.
Taomni qalin qo'lqop bilan oling.
HIDNI YO'Q QILISH FUNKSIYALARIDAN FOYDALANISH
Ushbu funksiyadan kuchli hidga ega mahsulotlarni tayyorlash yakunlanganidan keyin yoki 
pechning ichki kamerasida kuchli tutun paydo bo'lganida foydalaning.  
Oldin pechning ichki kamerasini tozalang.
Tozalashni tugatgandan keyin Устранение запахов  
(Hidlarni yo‘q qilish) tugmasini bosing. U tugaganidan keyin to‘rt 
marta tovushli signal beriladi.
Hidlarni yo'q qilish vaqti 5 daqiqa qilib belgilangan.  
Har safar +30сек (+30s) tugmasi bosilganida u 30 soniyaga ortadi.
Hidlarni yo‘q qilishning maksimal vaqti 15 daqiqa.
AKSESSUARLARNI TANLASH
Mikroto'lqinli pechdan foydalanish uchun xavfsiz bo'lgan anjomlardan 
foydalaning; plastmassa sig'imlar, tarelkalar, qog'oz kosachalar, 
sochiq kabilardan foydalanmang.
Agar birlgalikda tayyorlash rejimini (gril va mikroto'lqinlar) tanlamoqchi 
bo'lsangiz, faqat mikroto'lqinli pechda ham, oddiy isitish shkafida ham 
foydalanish mumkin bo'lgan anjomlardan foydalaning.
Mikroto'lqinli pechda foydalanish uchun yaroqli idishlar to'g'risida qo'shimcha ma'lumot 
olish uchun 29-sahifadagi "Idishlarni tanlash bo'yicha yo'riqnoma" bo'limiga qarang.
MG23F301TQW_BW_DE68-04178S-00_UZ.indd   26
2/3/2015   7:10:59 PM