Samsung MG23F301TQW User Manual

Page of 176
30
O'ZBEK
TAOM TAYYORLASH BO'YICHA YO'RIQNOMA
MIKROTO'LQINLAR
Mikroto'lqinlar quvvati taomda mavjud bo'lgan suv, yog' va shakarga tortilgan va singgan holda 
deyarli taomning ichiga kiradi.
Mikroto'lqinlar taom molekulalarini tezroq tebranishga majbur qiladi. Bu molekulalarning tez 
tebranishlari sirpanish hosil qiladi, sirpanish natijasida hosil bo'lgan issiqlik esa taomni pishiradi.
TAOM TAYYORLASH
Mikroto'lqinli pech uchun oshxona idishlari:
Oshxona idishlari tayyorlashning eng yuqori darajada samarali bo'lishini ta'minlash uchun 
mikroto'lqinlarga o'zlari orqali o'tishiga imkon berishlari kerak. Mikroto'lqinlar zanglamaydigan 
po'lat, alyuminiy va mis kabi metallardan qaytadi, biroq ular sopol, shisha, chinni va plastmassa 
hamda qog'oz va yog'ochlardan o'ta oladilar. Shuning uchun tayyorlashda metall idishlardan 
foydalanish taqiqlanadi.
Mikroto'lqinli pechda tayyorlash mumkin bo'lgan mahsulotlar:
Mikroto'lqinli pechda mahsulotlarning juda ko'p turlarini, jumladan yangi uzilgan yoki 
muzlatilgan sabzavotlar, mevalar, makaron mahsulotlari, guruch, dukkakli mahsulotlar, baliq va 
go'sht kabilarni tayyorlash mumkin. Mikroto'lqinli pechda yana souslar, qaynatilgan kremlar, 
sho'rvalar, bug'li pudinglar, konservalar, ziravorlarni ham tayyorlash mumkin. Umuman olganda 
oshxona plitasida tayyorlanadigan har qanday taomlarni mikroto'lqinli pechda tayyorlash 
mumkin. Masalan, yog' yoki shokoladni eritish mumkin (maxsus maslahatlar berilgan bo'limga 
qarang).
Tayyorlash vaqtida qopqoqdan foydalanish
Tayyorlash vaqtida taomning ustini yopib qo'yish juda muhim, chunki bug'lanayotgan suv 
tayyorlash jarayoniga o'z hissasini qo'shuvchi bug'ga aylanadi. Taomni turli usullarda o'rash 
mumkin, masalan, keramik idish, plastik qopqoq yoki mikroto'lqinga mos keladigan oziq-ovqat 
plyonkasi.
Kutish vaqti
Tayyorlash nihoyasiga yetgandan keyin taomning barcha qismlari bo'yicha haroratning 
tenglashishi uchun biroz kutish juda muhimdir.
Muzlatilgan sabzavotlarni tayyorlash bo'yicha qo'llanma
Qopqoqli issiqqa chidamli shishadan qilingan mos kosadan foydalaning. Qopqoqni yopgan 
holda jadvalda ko'rsatilgan eng kam vaqt davomida tayyorlang. Keyin istalgan natijani olguncha 
tayyorlashni davom ettiring.
Tayyorlash vaqtida ikki marta va tayyorlash nihoyasiga yetgandan keyin bir marta aralashtiring. 
Tayyorlash nihoyasiga yetgandan keyin tuz, ziravorlar yoki sariyog' qo'shing. Kutish vaqtida 
yopib qo'ying.
Oziq-ovqat
Porsiya Quvvat
Vaqt 
(daq.)
Ushlab 
turish vaqti 
(daq)
Ko'rsatmalar
Ismaloq
150 g
600 Vt 4½-5½
2-3
15 ml (1 osh q.) 
sovuq suv qo'shing.
Brokkoli
300 g
600 Vt
9-10
2-3
30 ml (2 q.) sovuq 
suv qo'shing.
No'xat
300 g
600 Vt 7½-8½
2-3
15 ml (1 osh q.) 
sovuq suv qo'shing.
Ko'k loviya
300 g
600 Vt
8-9
2-3
30 ml (2 q.) sovuq 
suv qo'shing.
Sabzavotlar aralashmasi 
(sabzi/no'xot/makkajo'xori)
300 g
600 Vt 7½-8½
2-3
15 ml (1 osh q.) 
sovuq suv qo'shing.
Sabzavotlar aralashmasi 
(xitoycha uslubda)
300 g
600 Vt
8-9
2-3
15 ml (1 osh q.) 
sovuq suv qo'shing.
MG23F301TQW_BW_DE68-04178S-00_UZ.indd   30
2/3/2015   7:11:00 PM