Samsung MG23F301TQW User Manual

Page of 176
37
O'ZBEK
Yangi 
mahsulotlar
Porsiya
Quvvat
1-tomon 
uchun sarf. 
vaqti (daq.)
2-tomon 
uchun sarf. 
vaqti (daq.)
Ko'rsatmalar
Qovurilgan 
tovuq
1200 g
600 Vt + 
Gril
15-18
15-18
Tovuqni yog' bilan yog'lang va 
ziravorlar seping. Tovuqni avval 
to'shini pastga, ikkinchi marta 
tepaga qaratgan holda issiqqa 
chidamli idishga qo'ying.  
Grilda tayyorlagandan keyin 5 
daqiqa kuting.
MAXSUS MASLAHATLAR
SARIYOG'NI ERITISH
50 g sariyog'ni kichkina chuqur shisha tarelkaga joylashtiring. 
Plastmassa qopqoq bilan yoping. Yog' erigunicha 800 Vt quvvatda 30-40 soniya qizdiring.
SHOKOLADNI ERITISH
100 g shokoladni kichkina chuqur shisha tarelkaga joylashtiring. 
Shokolad erigunicha 450 Vt quvvatda 3-5 soniya qizdiring. 
Eritish vaqtida bir yoki ikki marta aralashtiring. Qalin qo'lqopdan foydalangan holda oling!
SHAKAR BOSILGAN ASALNI ERITISH
20 g qotgan asalni kichkina chuqur shisha tarelkaga joylashtiring.
Asal erigunicha 300 Vt quvvatda 20-30 soniya qizdiring.
JELATINNI ERITISH
Quruq jelatin plastinkalarini (10 g) 5 daqiqa sovuq suvga soling. 
Jelatindan suvni oqizib tashlang va uni issiqqa chidamli kichkina tarelkaga joylashtiring. 
300 Vt quvvatda 1 daqiqa qizdiring. Eriganidan keyin aralashtiring.
QIYOM TAYYORLASH (PISHIRIQLAR VA PECHENYE UCHUN)
Tez tayyorlanadigan qiyomni (taxminan 14 g) 40 g shakar va 250 ml sovuq suv bilan 
aralashtiring. Issiqqa chidamli shishadan yasalgan kosada ustini yopmasdan qiyom shaffof 
rangga kirgunicha 800 Vt quvvatdan foydalanib 3½ daqiqadan 4½ daqiqagacha tayyorlang. 
Tayyorlash vaqtida ikki marta aralashtiring.
JEM TAYYORLASH
600 g mevani (masalan, mevalar aralashmasi) issiqqa chidamli shishadan qilingan qopqoqli 
kosaga joylashtiring. Konservalash uchun 300 g shakar qo'shing va yaxshilab aralashtiring. 
Qopqoqni yopgan holda 800 Vt quvvatda 10-12 daqiqa tayyorlang. Tayyorlash vaqtida bir 
necha marta aralashtiring. Burama qopqoqli jem uchun mo'ljallangan kichkina bankachalarga 
soling. Bankachalarni 5 daqiqa qopqog'ini pastga qilgan holda qo'ying.
PUDING TAYYORLASH
Pudding konsentratiga shakar va sutni (500 ml) konsentrat ishlab chiqaruvchisi ko'rsatmalariga 
amal qilgan holda qo'shing va yaxshilab aralashtiring. 
Qopqoqli issiqqa chidamli shishadan qilingan kosadan foydalaning. 
Qopqoqni yopgan holda 800 Vt quvvatda 6½ daqiqadan 7½ daqiqagacha pishiring.
Tayyorlash jarayonida bir necha marta yaxshilab aralashtiring.
BODOM BO'LAKCHALARINI QIZARTIRISH
30 g bodom bo'lakchalarini o'rtacha o'lchamdagi sopol tarelkaga tekis qatlam qilib yoying. 
600 Vt quvvatda 3½ daqiqadan 4½ daqiqagacha tayyorlang, tayyorlash vaqtida bir necha 
marta aralashtiring. Bodomni pechda 2-3 daqiqa qoldiring. 
Qalin qo'lqopdan foydalangan holda oling!
NOSOZLIKLARNI BARTARAF ETISH
Agar sizda quyida keltirilgan muammolardan birortasi mavjud bo'lsa, berilgan maslahatlar bilan 
hal qilishga harakat qiling.
Muammo
Sababi
Chora
Asosiy
Tugmalar tegishlicha 
bosilmayapti.
Tugmalar orasiga yot jism kirib 
qolishi mumkin.
Yot jismni olib tashlab, qayta 
urining.
Sensorli modellarda: Namlik 
tashqi tomonida.
Namlikni artib tashlang.
Bolalardan qulflash ishga 
tushgan.
Bolalardan qulflashni o‘chiring.
Vaqt ko‘rsatilmayapti.
Tok yo‘q.
Tok borligiga ishonch hosil qiling.
Eko (quvvat tejovchi) funksiya 
qo‘yilgan.
Eko funksiyasini o‘chiring.
MG23F301TQW_BW_DE68-04178S-00_UZ.indd   37
2/3/2015   7:11:01 PM