Samsung GE83KRQW-2 User Manual

Page of 192
O'zbek - 15
04
  
PECHDAN FOYDALANISH
VAQTNI BELGILASH
Ushbu mikroto'lqinli pech ichki qurilgan soat bilan jihozlangan.  
Elektrga ulanganda displeyda ":0", "88:88" yoki "12:00" avtomatik ravishda namoyish 
qilinadi.
Joriy vaqtni o'rnating. Soat vaqtni 24 soatlik yoki 12 soatlik formatda namoyish qilishi 
mumkin.  
Soatni quyidagi holatlarda o'rnatish kerak bo'ladi:
•  Mikroto'lqinli pechni ilk bor o'rnatayotganda
•  Tok uzilib qolganidan keyin
Yozgi vaqt bilan qishki vaqt almashilganida soatni to'g'rilashni unutmang.
1.  Часы (Soat) tugmasini bosing.
2.  Vaqtni ko'rsatish shaklini qo'yish uchun Yuqoriga/Pastga 
tugmasini bosing. (12s yoki 24s)
3.  Sozlashni tugallash uchun Выбор (Tanlash) tugmasini 
bosing.
4.  Soatni qo'yish uchun Yuqoriga/Pastga tugmasini bosing.
5.  Выбор (Tanlash) tugmasini bosing.
6.  Daqiqani qo'yish uchun Yuqoriga/Pastga tugmasini 
bosing.
7.  To'g'ri vaqt ko'rsatilgach, soat ishlay boshlashi uchun 
Выбор (Tanlash) tugmasini bosing.
Natija: 
Pechdan foydalanilmayotgan vaqtda joriy vaqt 
ko'rsatiladi.
TAOM TAYYORLASH/ISITISH
Quyida keltirilgan jarayonda taomni tayyorlash yoki isitish jarayoni bayon qilinadi. 
Pechni qarovsiz qoldirishdan avval tayyorlashning berilgan parametrlarini DOIMO 
tekshiring.
Avval tayyorlanayotgan taomni aylanuvchi patnisning markaziga qo'ying.  
Keyin eshikchani yoping.
1.  СВЧ (Mikroto'lqin) tugmasini bosing.
2.  Kerakli quvvat darajasi ko‘rsatilgunicha Yuqoriga/Pastga 
tugmasini bosing. Shu paytda quvvat darajasini qo'yish 
uchun Выбор (Tanlash) tugmasini bosing.
•  5 soniya ichida quvvat darajasini qo'ymasangiz, 
avtomatik ravishda tayyorlash vaqtini o'rnatish 
bosqichiga o'zgaradi.
3. Yuqoriga/Pastga tugmasini bosib, tayyorlash vaqtini 
qo‘ying.
Natija: 
Tayyorlash vaqti namoyish qilinadi.
4. СТАРТ tugmasini bosing.
Natija: 
Pech ichida chiroq yonadi va patnis aylana 
boshlaydi. Tayyorlash boshlanadi va u 
nihoyasiga yetishi bilan.
•  Pech tovushli signal beradi va  
"End (Tamom)" 4 marta miltillaydi.  
Keyin pech har daqiqada bir marta tovushli 
signal beradi.
Hech qachon mikroto'lqinli pechni ichi bo'sh bo'lganida yoqmang.
GE83KRQW-1_BWT_DE68-04283B-00_UZ.indd   15
2015-01-29     9:25:07