Redmond RFP-3950 Manuel D’Utilisation

Page de 28
20
•  Jihozni faqat yerga ulangan rozetkalarga ulang — bu elektr 
xavfsizligining  bajarilishi  shart  bo’lgan  talabidir. 
Uzaytirgichdan foydalanganda uning ham yerga ulanganligiga 
ishonch hosil qiling.
•  Foydalanib  bo’lgandan  so’ng  hamda  uni  tozalash yoki 
ko’chirish vaqtida jihozni rozetkadan uzib qo’ying. Elektr 
tarmog’iga ulash shnurini quruq qo’l yordamida o’tkazgichdan 
emas, balki shtepseldan ushlagan holda sug’uring.
•  Elektr ta’minot shnurini eshik tirqishlaridan yoki issiqlik manbalari 
yaqinidan  o’tkazmang.  Elektr  ta’minot  shnurining  buralib 
qolmasligi va bukilmasligi, o’tkir buyumlarga, mebellarning 
burchaklari va qirralariga tegib turmasligini kuzatib boring.
Yodda  tuting:  elektr  ta’minot  kabelining  tasodifan 
shikastlanishi  kafolat  shartlariga  to’g’ri  kelmaydigan 
shikastlanishlarga hamda elektr tokining urishiga olib kelishi 
mumkin. Shikastlangan elektr ta’minot kabelini xizmat 
ko’rsatish markazida darhol almashtirish talab qilinadi.
•  Jihozdan ochiq havoda foydalanish ta’qiqlanadi: qurilma 
korpusi ichiga namlik yoki begona buyumlarning kirib qolishi 
uning jiddiy shikastlanishlariga olib kelishi mumkin.
•  Mahsulot solingan jomni yumshoq va issiqqa chidamli 
bo’lmagan sirtga o’rnatmang. Bu jihozni ishlash vaqtida 
turg’un bo’lmasligiga olib keladi.
Ushbu mahsulotdan foydalanishdan avval foydalanish bo’yicha qo’llanmani diqqat bilan 
o’qib chiqing va uni ma’lumotnoma sifatida saqlab qo’ying. Jihozdan to’g’ri foydalanish 
uning xizmat qilish muddatini anchagina uzaytiradi. 
Xavfsizlik choralari
•  Texnika xavfsizligi talablariga va mahsulotdan foydalanish 
qoidalariga  amal  qilmaslik  natijasida  yetkazilgan 
shikastlanishlar uchun ishlab chiqaruvchi javobgarlikni o’z 
zimmasiga olmaydi.
•  Ushbu elektr jihozidan kvartiralar, shahardan tashqaridagi 
uylar, mehmonxona nomerlari, do’konlarning maishiy xonalari, 
ofislar yoki sanoatda foydalanilmaydigan boshqa shunga 
o’xshash sharoitlarda foydalanish mumkin. Qurilmadan sanoat 
maqsadlarida yoki qurilma mo’ljallanmagan boshqa istalgan 
maqsadlarda  foydalanish  mahsulotdan  tegishli  tarzda 
foydalanish shartlarining buzilishi hisoblanadi. Bunday hollarda 
ishlab chiqaruvchi bo’lishi mumkin bo’lgan oqibatlar uchun 
javobgarlikni o’z zimmasiga olmaydi.
•  Qurilmani  elektr  tarmog’iga  ulashdan  avval  undagi 
kuchlanishning jihoz ta’minoti nominal kuchlanishiga mos 
ekanligini tekshiring (mahsulot texnik xususiyatlari yoki 
zavodda yopishtirilgan yorliqqa qarang).
•  Jihoz  iste’mol  qiladigan  kuchlanishga  mo’ljallangan 
uzaytirgichdan foydalaning: parametrlarga mos kelmaslik 
qisqa tutashuv yoki kabelning kuyishiga olib kelishi mumkin.