Samsung MW5100H Микроволновая печь с Конвекцией, Технология SLIM FRY, 28 л. ユーザーズマニュアル

ページ / 192
O'zbek - 13
03
  PECH XUSUSIYATLARI
AKSESSUARLAR
Siz xarid qilgan modelga qarab, uning to'plamiga bir nechta aksessuarlar kiradi, ular turli 
shaklda qo'llanilishi mumkin.
1.  Rolikli taglik, pechning markaziga o'rnatiladi.
Vazifasi:  Rolikli taglik aylanuvchi patnisni ushlab turadi.
2.  Aylanuvchi patnis, rolikli taglikka markazi muftaga 
o'rnashadigan tarzda joylashtiriladi.
Vazifasi:  Aylanuvchi patnis ovqat tayyorlash uchun asosiy 
yuza bo'lib xizmat qiladi; uni osonlik bilan pechdan 
chiqarib olish va yuvish mumkin.
3.  Baland taglik va past taglik aylanuvchi patnisga o'rnatiladi.
Vazifasi:  Metall tagliklardan bir vaqtda ikki xil taomni 
tayyorlash uchun foydalanish mumkin. Kichkina 
idish aylanuvchi patnisga va ikkinchi idish taglikka 
joylashtirilishi mumkin. Metall tagliklardan gril, 
konveksiya rejimlarida va taom tayyorlashning 
birgalikdagi rejimida foydalanish mumkin.
4.  Qizartiruvchi idish, 32-betga qarang.
Vazifasi:  Qizartiruvchi idishdan mikroto'lqin yoki birgalikda 
tayyorlash rejimlarida taomni yaxshiroq qizartirish 
uchun foydalaniladi. U qandolatchilik mahsulotlari 
va pitstsada qisirdoqlarning hosil bo'lishiga yordam 
beradi.
pechdan foydalanish
MIKROTO'LQINLI PECHNING ISHLASH TAMOYILI
Mikroto'lqinlar yuqori chastotali elektromagnit to'lqinlardir; mikroto'lqinlardan 
ajralib chiqadigan quvvatlar taomlarni tayyorlash yoki ularning shakli va ranglarini 
o'zgartirmasdan isitishga imkon beradi.
Mikroto'lqinli pechdan quyidagilar uchun foydalanish mumkin:
•  Muzdan tushirish
•  Isitish
•  Taom tayyorlash
Taom tayyorlash tamoyili.
1.  Magnetron tomonidan hosil qilinadigan chuqurlikdan qaytarilgan 
mikroto'lqinlar aylanuvchi patnisda taomni aylantirish jarayonida 
bir tekis taqsimlanadi. Shuning hisobiga taom bir tekis 
tayyorlanadi.
2.  Mikroto'lqinlar mahsulot ichiga 1 dyuym (2,5 sm) chuqurlikkacha 
kiradi. Keyin issiqlik bilan qayta ishlash issiqlikning mahsulot 
ichida tarqalishi hisobiga davom ettiriladi.
3.  Tayyorlash vaqti foydalaniladigan idishlar va mahsulotning 
quyidagi xususiyatlariga bog'liq ravishda turlicha bo'lishi mumkin:
•  Mahsulotlarning miqdori va zichligi
•  Ularning tarkibidagi suvning miqdori
•  Boshlang'ich harorat (mahsulotning muzlatilganligi yoki 
yo'qligi)
Tayyorlanayotgan taomning markaziy qismi issiqlikning yoqilishi hisobiga 
tayyorlanganligi uchun taom tayyorlash jarayoni hattoki taom pechdan olingandan 
keyin ham davom ettiriladi. Shuning uchun quyidagilarni ta'minlash uchun taom 
retseptlari va ushbu yo'riqnomada ko'rsatilgan taomning kutish vaqtiga amal qilish 
lozim:
•  Taomni markazigacha bir tekis tayyorlash.
•  Taomning butun hajmi bo'yicha bir xil harorat.
MC28H5135CK_BW_DE68-04245S-01_UZ.indd   13
2014-07-11     5:18:10