Samsung ME731KR-S Manual Do Utilizador

Página de 96
5
O'ZBEK
USHBU YO’RIQNOMADAN FOYDALANISH
Siz SAMSUNG kompaniyasining mikroto’lqinli pechini xarid qildingiz. Ushbu 
"Foydalanuvchi uchun yo’riqnoma"da mazkur mikroto’lqinli pechdan qanday 
foydalanish bo’yicha foydali ma’lumotlar bor.
•  Ehtiyotkorlik choralari
•  Qo’llash uchun mos keladigan anjomlar va idishlar
•  Taom tayyorlash bo’yicha foydali maslahatlar
•  Taom tayyorlash bo’yicha maslahatlar
XAVFSIZLIK TEXNIKASI BO’YICHA MUHIM KO’RSATMA
XAVFSIZLIK TEXNIKASI BO’YICHA MUHIM KO’RSATMALAR.
DIQQAT BILAN O’QING VA KEYINCHALIK FOYDALANISH UCHUN SAQLAB 
QO’YING.
Pechdan foydalanishdan avval quyidagi ko’rsatmalar bilan tanishib chiqing 
va ularga amal qiling.
•  Jihozdan faqat ushbu qo’llanmada bayon qilingan undan foydalanish 
uchun mo’ljallangan maqsadlardagina foydalaning. Ushbu qo’llanmadagi 
ogohlantiruvchi xabarlar va texnika xavfsizligi bo’yicha muhim yo’riqnomalar 
bo’lishi mumkin bo’lgan barcha holatlar va vaziyatlarni qamrab olmaydi. 
Qurilmani o’rnatish, unga texnik xizmat ko’rsatish va undan foydalanishda 
foydalanuvchi sog’lom fikr bilan ish ko’rishi, e’tiborli va ehtiyotkor bo’lishi 
kerak.
•  Ushbu foydalanuvchi qo’llanmasi bir nechta modellarga mo’ljallanganligi 
uchun mikroto’lqinli pechning xususiyatlari ushbu qo’llanmada keltirilgan 
xususiyatlardan bir oz farq qilishi va ayrim ogohlantiruvchi xabarlar unga 
tegishli bo’lmasligi mumkin. Agar sizda qandaydir savollar yoki muammolar 
bo’lsa, eng yaqin joylashgan xizmat ko’rsatish markaziga murojaat qiling yoki 
quyidagi saytdan ma’lumotlar oling: www.samsung.com.
•  Ushbu mikroto’lqinli pech taomlarni isitish uchun mo’ljallangan. Qurilma 
faqat uy sharoitida foydalanish uchun mo’ljallangan. Donlar bilan to’ldirilgan 
hech qanday matolar va paketlarni isitmang, chunki bu kuyishga va yong’in 
chiqishiga olib kelishi mumkin. Ishlab chiqaruvchi qurilmadan noto’g’ri 
foydalanilganligi natijasida olingan zararlar uchun javobgarlikni o’z zimmasiga 
olmaydi.
•  Agar pech toza saqlanmasa, yuzasining shikastlanishi sodir bo’lishi 
mumkin, bu esa qurilmaning xizmat qilish muddatini qisqartish hamda xavfli 
holatlarning vujudga kelishiga olib kelishi mumkin.
BELGILAR VA NISHONLARNING BAYONI
OGOHLANTIRISH
Xavfsizlik choralariga amal qilmaslik yoki e’tiborsizlik bilan qarash jiddiy 
jarohat olish yoki o’limga olib kelishi mumkin.
DIQQAT
Xavfsizlik choralariga amal qilmaslik yoki e’tiborsizlik bilan qarash yengil 
jarohat olish yoki mulklarning zararlanishiga olib kelishi mumkin.
Ogohlantirish — yonish xavfi 
mavjud.
Ogohlantirish — issiq yuza.
Ogohlantirish — elektr toki 
mavjud.
Ogohlantirish — portlovchi moddalar.
Kuch ishlatmang.
Ko’rsatmalarga qat’iy amal qiling.
Qismlarga ajratmang.
Elektr tarmog’iga ulash kabeli vilkasini 
rozetkadan uzing.
Tegib ketmang.
Elektr toki urishini oldini olish uchun taom 
pishirish panelining yerga ulanganligiga 
ishonch hosil qiling.
Yordam olish uchun xizmat 
ko’rsatish markaziga 
murojaat qiling.
Izoh.
Muhim ma’lumot.
MIKROTO’LQINLAR ORTIQCHA QUVVATLARINING EHTIMOLIY TA’SIRINI 
OLDINI OLISH BO’YICHA EHTIYOTKORLIK CHORALARI.
Quyidagi ehtiyot choralariga amal qilmaslik mikroto’lqinli nurlanishning organizmingizga 
zararli ta’siriga olib kelishi mumkin.
(a)  Har qanday holatda ham eshikchasi ochiq turgan pechni yoqishga 
urinmang, blokirovka qiluvchi fiksatorlar (eshikcha qulfi)ni buzmang yoki 
blokirovka qiluvchi fiksatorlarning tirqishlariga biror narsa tiqmang.
(b)  Pech eshikchasi va old panel orasiga hech qanday predmetni qo'ymang, 
zichlovchi yuzalarda ovqat qoldiqlari yoki tozalash vositalarining 
cho’kindilari to’planishiga yo’l qo’ymang. Pechdan foydalangandan so’ng, 
eshikcha va uning zichlovchi yuzasini oldin ho’l, keyin esa yumshoq quruq 
latta bilan artgan holda, tozalikda saqlang.
(c)  Nosoz pech ishlab chiqaruvchi firma tayyorgarligidan o’tgan mikroto’lqinli buyumlar 
bo’yicha malakali mutaxassis tomonidan ta’mirlanmaguncha, undan foydalanmang. 
Pechning eshikchasi yaxshi yopilishi va quyidagilar shikastlanmagani juda muhim:
ME731KR,ME732KR,ME733KR_BWT_DE68-03893L-04_UZ.indd   5
2014-07-17     3:38:59