Samsung ME731KR-S Manual Do Utilizador

Página de 96
18
O'ZBEK
TEZLASHTIRILGAN AVTOMATIK MUZDAN TUSHIRISH 
SOZLAMALARI
Quyida keltirilgan jadvalda tezlashtirilgan avtomatik tarzda muzdan tushirishning turli 
dasturlari, mahsulot hajmi, ushlab turish vaqti va tegishli tavsiyalar keltirilgan.
Muzdan tushirishdan avval har qanday o’rama materiallarni olib tashlash kerak. 
Go’sht, tovuq, baliq, meva va reza mevalarini keramik tarelkaga joylashtiring.
Kod/Mahsulot Porsiya 
miqdori
Ushlab 
turish vaqti
Tavsiyalar
1. Go'sht
200–1500 g
20-90 daq
Chiqib turgan joylarini alyumin 
folga bilan o'rang. Pech tovushli 
signal berganida, go’shtni 
aylantiring. 
Ushbu dastur mol go'shti, qo'y 
go'shti cho'chqa go'shti, 
bifshteks, kotletalar va go'sht 
farshini tayyorlash uchun to'g'ri 
keladi.
2.   Parranda 
go'shti
200–1500 g
20–90 daq
Oyoqlar va qanotlar uchlarini 
alyumin folga bilan o'rang. 
Pech tovushli signal berganida, 
parranda go’shtini aylantiring. 
Ushbu dastur parrandani 
to'laligicha va alohida qismlarini 
tayyorlash uchun to'g'ri keladi.
3. Baliq
200–1500 g
20–80 daq
Baliq dumini alyumin folga 
bilan o'rang. Pech tovushli 
signal berganida, baliqni 
aylantiring. Ushbu dastur baliqni 
to'laligicha va filesini tayyorlash 
uchun to'g'ri keladi.
4.   Mevalar 
100–600 g
5–20 daq
Mevalarni yassi shisha tarelkaga 
teng qilib terib chiqing. Bu 
dastur mevalarning barcha 
turlari uchun mos keladi.
AVTOMATIK TEZLASHTIRILGAN MUZDAN TUSHIRISH 
REJIMINI ISHLATISH
Avtomatik tezlashtirilgan muzdan tushirish rejimida go'sht, parranda, baliq, 
meva va reza mevalarni muzdan tushirish mumkin.
Muzdan tushirish vaqti va quvvat darajasi avtomatik ravishda o’rnatiladi. 
Dastur va taom og'irligini belgilash yetarli.
Mikroto'lqinli pech uchun xafsiz bo'lgan idishlardan foydalaning.
Muzlatilgan mahsulotlarni aylanuvchi patnisning markaziga qo’ying va 
eshikchani yoping.
1.  Ускоренная разморозка (Tezlashtirilgan 
muzdan tushirish) (
) tugmasini bosing.
Natija: 
displeyda quyidagi namoyish etiladi:
Ускоренная разморозка (Tezlashtirilgan muzdan tushirish) (
) tugmasini 
muzdan tushirilayotgan mahsulotlar turiga qarab yana bir marta yoki bir necha 
marta bosing. Batafsil ma'lumot olish uchun keyingi betdagi jadvalga qarang.
2.  Mahsulotlar og'irligini 100Г (100 g) tugmasi bilan 
tanlang. Mahsulotlarning maksimal og'irligi — 1500 g.
3.  СТАРТ (Start) (
) tugmachasini bosing.
Natija: 
  muzdan tushirish boshlanadi.
  Muzdan tushirish vaqtining yarmi 
o'tganidan keyin pech mahsulotlarni aralashtirish kerakligini 
eslatish uchun tovushli signal beradi.
  Muzdan tushirishni davom ettirish uchun СТАРТ (Start) 
(
) tugmasini bosing.
Mahsulotlarni qo’l rejimida ham muzdan tushirish mumkin. Buning 
uchun 180 Vt quvvatida tayyorlash va isitish rejimini tanlang. Batafsil 
ma'lumotlar «Mahsulotlarni tayyorlash va isitish» bo'limida 10 betda.
ME731KR,ME732KR,ME733KR_BWT_DE68-03893L-04_UZ.indd   18
2014-07-17     3:39:11