Samsung ME731KR-S Manual Do Utilizador

Página de 96
21
O'ZBEK
MIKROTO'LQINLI PECHNI TOZALASH
Mikroto‘lqinli pechingizda yog‘li kirlar va ovqat zarrachalari to‘planishining oldini olish 
uchun uning quyidagi qismlarini muntazam tozalab turish kerak:
•  ichki va tashqi yuzalari;
•  eshikchasi va eshikcha zichlagichlari;
•  aylanuvchi patnis va rolikli taglik.
HAR DOIM eshikcha zichlagichlarini toza saqlang va eshikchaning zich 
yopilishini nazorat qiling.
Pech tozalashda e'tiborsizlik yuzasining shikastlanishiga olib kelishi mumkin, 
bu esa, o‘z navbatida, peching ishlashiga va sog'liq uchun xavfli vaziyatlarning 
yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.
1.  Pechning tashqi yuzalarini yumshoq latta va iliq sovunli suv bilan tozalang. Yuvib 
tashlang va quruq qilib arting.
2.  Pechning ichki yuzalari va aylanuvchi uzukdagi barcha tomchilar va dog‘larni 
sovunli suvda ho‘llangan latta bilan arting. Yuvib tashlang va quruq qilib arting.
3.  Qotib qolgan ovqat zarralarini yumshatish va hidlarni yo‘q qilish uchun, limon 
sharbatiga suv qo‘shilgan chashkani aylanuvchi patnisga qo‘ying va o‘n daqiqa 
davomida quvvatning maksimal darajasida isiting.
4.  Idish yuvadigan mashinada yuvish mumkin bo'lgan aylanuvchi patnisni zaruratga 
qarab yuving.
Ventilyatsiya tirqishlariga suv tushishiga yo‘l qo‘ymang. HECH QACHON 
abraziv materiallar va kimyoviy erituvchi moddalardan foydalanmang. Eshik 
zichlagichlarini tozalashda ularda ovqat zarrachalari:
•  to‘planib qolmasligiga;
•  eshikning normal yopilishiga xalaqit bermasligiga alohida e’tibor qarating.
Idish turi
Mikroto‘lqinli 
pechda 
foydalanish 
uchun 
yaroqliligi
Izohlar
Pastik idish
•  Konteynerlar
Faqat issiqlikka chidamli termoplastik. 
Boshqa ayrim plastiklar yuqori harorat 
ta’sirida qiyshayib qolishi, rangini 
yo‘qotishi mumkin. Melaminli plastikdan 
foydalanmang.
•  Qoplovchi plyonka
Namlikni ushlab turish uchun qo’llanishi 
mumkin. Taomga tegmasligi kerak. 
Plyonkani olayotganda ehtiyot bo’ling, 
chunki tashqariga chiqayotgan issiq bug’ 
kuyishga olib kelishi mumkin.
•  Muzlatilgan mahsulorlar 
uchun paketlar
✓ ✗
Faqat issiqqa chidamli yoki qaynatish 
mumkin bo'lgan. Germetik yopilgan 
bo’lmasligi kerak. Kerak bo'lganda vilka 
bilan teshib qo'ying.
Parafinlangan yoki yog‘ 
o‘tkazmaydigan qog‘oz
Namlikni ushlab turish va sachrashning 
oldini olish uchun ishlatilishi mumkin.
Tavsiya qilinadi
✓✗
Ehtiyotkorlik bilan foydalaning
Xavfli
ME731KR,ME732KR,ME733KR_BWT_DE68-03893L-04_UZ.indd   21
2014-07-17     3:39:11