Samsung Електрична духова шафа NV5000H із подвійною системою готування (подвійною конвекцією), 70 л Manual Do Utilizador

Página de 192
O'zbek - 4
ushbu qo'llanmadan foydalanish
SAMSUNG kompaniyasining jihoz ichiga o'rnatiladigan pechini tanlaganingiz uchun rahmat.
Bu qo'llanmada xavfsizlik bo'yicha muhim ma'lumotlar va qurilmangizdan foydalanish, va unga texnik 
xizmat ko'rsatishda yordam berish uchun mo'ljallangan ko'rsatmalar mavjud.
Iltimos, pechdan foydalanishdan avval ushbu Foydalanuvchi qo'llanmasini o'qib chiqing va undan 
kelajakda foydalanish uchun saqlab qo'ying.
Ushbu qo'llanma matnida quyidagi belgilardan foydalaniladi:
OGOHLANTIRISH yoki DIQQAT
Muhim
Eslatma
xavfsizlik bo'yicha ko'rsatmalar
Bu pechni o'rnatish faqat litsenziyaga ega bo'lgan elektrik tomonidan bajarilishi kerak. O'rnatuvchi ushbu 
qurilmani asosiy elektr tarmog'iga xavfsizlik bo'yicha tegishli tavsiyalarga amal qilgan holda ulash uchun 
javobgardir.
 
OGOHLANTIRISH
Agar bolalar nazorat ostida bo'lmasalar yoki ularga xavfsizlik 
uchun javobgar shaxs tomonidan ushbu qurilmadan foydalanish 
to'g'risida avvaldan ko'rsatmalar berilmagan bo'lsa, bu 
qurilmadan jismoniy yoki aqliy qobiliyatlari cheklangan yoki 
bilimi va tajribasi yetarli bo'lmagan shaxslar (jumladan bolalar) 
foydalanishlari mumkin emas.
Bolalarning ushbu qurilma bilan o'ynamasliklariga ishonch hosil 
qilish uchun ular nazorat ostida bo'lishlari kerak.
Agar elektr kabeli nuqsonli bo'lsa, uni maxsus kabelga yoki 
ishlab chiqaruvchi, yoki xizmat ko'rsatish bo'yicha vakolatli 
agentdan xarid qilinishi mumkin bo'lgan elektr tarmog'iga 
ulanish to'plamiga almashtirish zarur.  
(Faqat mahkamlanuvchi simli turdagi model)
Agar elektr manbaiga ulash kabeli shikastlangan bo'lsa, 
xatarlarning oldini olish uchun u ishlab chiqaruvchi, uning xizmat 
ko'rsatish agenti yoki malakali shaxslar tomonidan almashtirilishi 
kerak. (Faqat elektr tarmog'iga ulash shnuri turidagi model)
Prezio Twin_NV70H5787CB_WT_DG68-00532A-01_UZ.indb   4
2014-07-11     1:57:25