Samsung Електрична духова шафа NV5000H із подвійною системою готування (подвійною конвекцією), 70 л Manual Do Utilizador

Página de 192
O'zbek - 7
01  BU 
QO'LLANMA VA XAVFSIZLIK YO'L-YO'RIQLARIDAN FOYDALANISH
Kartrij yorilgan yoki singan hollarda undan foydalanmang va o'zingizga eng yaqin joylashgan 
xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling. (Faqat bug'da tayyorlash funksiyasi modeli)
Bu pech faqat uy sharoitlarida taom tayyorlash uchun mo'ljallangan.
Foydalanish vaqtida pechning ichki yuzalari kuydiradigan darajada qiziydi. Qizdirish elementlariga 
yoki pechning ichki yuzalariga ular yetarli darajada sovumagunicha tegmang.
Hech qachon pechda tez yonuvchan materiallarni saqlamang.
Pechdan uzoq vaqt davomida yuqori haroratlarda foydalanilganda pech yuzasi qiziydi.
Taom tayyorlagan vaqtda pech eshigini ochganda ehtiyot bo'ling, chunki issiq havo va bug' tez 
chiqishi mumkin.
Tarkibida spirt bo'lgan taomlarni tayyorlaganda yuqori haroratlar tufayli spirt bug'lanib chiqishi va 
pechning issiq qismlariga tekkanda bug' yonib ketishi mumkin.
Xavfsizlikni ta'minlash maqsadlarida ushbu jihozni ingichka suv oqimi yoki yuqori bosim ostidagi 
bug' bilan tozalamang.
Pechdan foydalanish vaqtida bolalarni pechdan yetarli darajada uzoqroqda saqlash kerak.
Pissa kabi muzlatilgan taomlar katta panjarada tayyorlanishi kerak. Agar pishirish jomidan 
foydalanilsa, haroratlardagi katta o'zgarishlar tufayli u deformatsiyalanishi mumkin.
Pechning tag qismi qaynoq bo'lganida unga suv quymang.
Taom tayyorlash vaqtida pech eshiklari yopib qo'yilishi kerak.
Pech tag qismiga alyumin folga qoplamang va hech qanday pishirish jomi yoki bankalarni 
joylashtirmang. Alyumin folga issiqlikni to'sib qo'yadi, bu esa emallik yuzalarning shikastlanishiga 
va taomlarning yaxshi tayyor bo'lmasligiga olib kelishi mumkin.
Meva sharbatlari dog' qoldiradi, ular pechning emalli yuzasidan ketmaydigan bo'lishi mumkin. 
Namligi juda ko'p bo'lgan piroglarni tayyorlaganda ichi chuqur patnisdan foydalaning.
Idishlarni pechning ochiq eshigi ustiga qo'ymang.
Eshikchani ochayotgan yoki yopayotganda bolalarni pechga yaqinlashishlariga yo'l qo'ymang, 
chunki ular o'zlarini eshikchaga urib olishlari yoki barmoqlarini eshikchaga qisib olishlari mumkin.
Eshik ustiga chiqmang, egmang, o'tirmang yoki og'ir narsalar qo'ymang.
Eshikni haddan tashqari ortiqcha kuch bilan ochmang.
OGOHLANTIRISH: Qurilmani hattoki taom tayyorlash jarayoni tugagandan keyin ham elektr 
tarmog'idan ajratmang.
OGOHLANTIRISH: Pechda taom tayyorlanayotganda pech eshigini ochiq qoldirmang.
LAMPANI ALMASHTIRISH
Tok urishi xavfi mavjud!  
Pech lampalaridan istalganini almashtirishdan 
oldin quyidagi qadamlarga amal qiling:
•  Pechni o'chiring.
•  Pechni elektr tarmog'idan uzing.
Prezio Twin_NV70H5787CB_WT_DG68-00532A-01_UZ.indb   7
2014-07-11     1:57:25