Samsung Електрична духова шафа NV5000H із подвійною системою готування (подвійною конвекцією), 70 л Manual Do Utilizador

Página de 192
O'zbek - 24
PECH FUNKSIYaLaRI
Ushbu pech xususiyatlariga quyidagilar kiradi
Pech rejimlari
Quyidagi jadvalda pechning turli rejimlari va sozlamalari keltirilgan.
Tayyorlashda yo'riqnoma sifatida keyingi sahifalardagi tayyorlash yo'riqnomasi 
jadvallaridan foydalaning.
an'anaviy
Taom yuqori va pastdagi isituvchi elementlar yordamida isitiladi.  
Bu sozlama pishirish va qovurish uchun mos keladi.
Yuqori issiqlik + Konveksiya
Go'shtni qovurish uchun bu rejimni ishlatishni tavsiya qilamiz. 
Yuqoridagi isituvchi element ishlaydi va ventilyator yordamida 
yuqori va orqadagi isituvchi elementdan kelgan issiq havo aylanadi.
Konveksiya
Orqadagi isituvchi elementdan chiqqan issiq havo ikkita ventilyator 
yordamida aylantirilib, taom isitiladi. Bu sozlama isitishning umumiy 
usuli bo'lib, muzlatilgan taom bilan birga pirog va kruassanlar 
uchun ham mos keladi.
Bu rejimdan ikki bosqichda pishirish uchun foydalansa bo'ladi.
Katta gril
Taom yuqoridagi isituvchi elementlar yordamida isitiladi. Bu rejimni 
steyk va kolbasani gril usulida tayyorlash va pishloqni qizartirish 
uchun tavsiya etamiz.
Kichkina gril
Bu rejim ozgina miqdordagi taomni gril qilishga qulay, masalan, 
bagetlar, pishloq yoki baliq filesi.
Taomni simli gril o'rtasigan qo'ying, chunki faqat o'rtadagi kichkina 
isituvchi element ishlaydi.
Quyi issiqlik + Konveksiya
Quyi isituvchi element va orqa devordagi isituvchi element issiqlik 
chiqaradi va bu issiqlik ventilyatorlar yordamida aylanadi. Bu rejim 
kish, pissa, non va pishloqli pirog pishirish uchun yaxshi.
Prezio Twin_NV70H5787CB_WT_DG68-00532A-01_UZ.indb   24
2014-07-11     1:57:39