Справочник Пользователя для Samsung MW5100H Микроволновая печь с Конвекцией, Технология SLIM FRY, 28 л.

Скачать
Страница из 192
O'zbek - 11
02
  QISQACHA YO'RIQNOMA
•  Usbu foydalanuvchi qo'llanmasi bir nechta modellarga mo'ljallanganligi 
uchun mikroto'lqinli pechning xususiyatlari ushbu qo'llanmada keltirilgan 
xususiyatlardan bir oz farq qilishi va ayrim ogohlantiruvchi xabarlar unga 
tegishli bo'lmasligi mumkin. Agar sizda qandaydir savollar yoki muammolar 
bo'lsa, eng yaqin joylashgan xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling yoki 
www.samsung.com saytidan ma'lumotlar oling.
•  Ushbu mikroto'lqinli pech taomlarni isitish uchun mo'ljallangan. Qurilma 
faqat uy sharoitida foydalanish uchun mo'ljallangan. Donlar bilan to'ldirilgan 
hech qanday matolar va paketlarni isitmang, chunki bu kuyishga va yong'in 
chiqishiga olib kelishi mumkin. Ishlab chiqaruvchi qurilmadan noto'g'ri 
foydalanilganligi natijasida olingan zararlar uchun javobgarlikni o'z zimmasiga 
olmaydi.
•  Pechni toza holatda saqlamaslik uning sirtining buzilishiga olib kelishi 
mumkin, bu esa qurilmaning xizmat qilish muddatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi 
va xavfli holatlarga olib kelishi mumkin.
USHBU MASHINANI TO’G’RI CHIQITGA CHIQARISH 
(ISHLATILGAN ELEKTR VA ELEKTRONIKA JIHOZI)
(Chiqindilarni ajratgan holda yig'ish tizimiga ega bo'lgan mamlakatlarga tegishli)
Mahsulot, aksessuarlar yoki bosma nashrlardagi ushbu markirovka ushbu 
mahsulot va uning elektron yordamchi qurilmalarining (masalan, zaryadlash 
qurilmasi, naushniklar, USB kabeli) xizmat muddatlarini o’tab bo’lganlaridan 
keyin boshqa maishiy chiqindilar bilan birgalikda chiqitga chiqarib bo’lmasligini 
ko’rsatadi. Keraksiz buyumlarni nazoratsiz tarzda chiqitga chiqarish tufayli atrof-
muhitga yoki odamlarning salomatliklariga yetkazilishi mumkin bo’lgan zararlarning 
oldini olish uchun ko’rsatilgan elementlarni tashlab yuborilayotgan qurilmaning 
boshqa qismlaridan ajratib oling va moddiy resurslardan oqilona tarzda takroran 
foydalanishga ko’maklashish uchun ulardan qayta foydalaning.
Uyda foydalanuvchilar ekologik jihatdan xavfsiz tarzda qayta foydalanish uchun 
ushbu qurilmalarni qayerda va qanday topshirish mumkinligi to’g’risida ma’lumotlar 
olish uchun o’zlari ushbu mahsulotni xarid qilgan chakana sotuvchiga yoki mahalliy 
hokimiyat ofi siga murojaat qilishlari kerak.
Biznes bilan shug’ullanuvchi foydalanuvchilar o’zlarining ta’minotchilari bilan 
bog’lanishlari va xarid shartnomasi qoidalari va shartlari bilan tanishishlari kerak. 
Ushbu mahsulot va uning elektron aksessuarlarini tashlab yuboriladigan boshqa tij 
oriy chiqindilar bilan birgalikda chiqitga chiqarmaslik kerak.
qisqacha yo'riqnoma
Taom tayyorlamoqchiman.
1.  Taomni pechga joylashtiring. СТАРТ/+30 сек 
(START/+30 son) tugmasini bosing.
Natija: 
Tayyorlash nihoyasiga yetishi bilan pech 
tovushli signal beradi va "End (Tamom)" 4 marta 
miltillaydi. Keyin pech har daqiqada bir marta 
tovushli signal beradi.
Qo'shimcha 30 soniyani qo'shish.
30 soniya oraliq bilan vaqt qo'shish uchun СТАРТ/+30 сек 
(START/+30 son) tugmasini bir yoki bir necha marta bosing.
Funksiyalarni tanlash doiraviy shkalasini burish orqali siz 
vaqtni o'zingiz xohlagan qiymatga o'rnatishingiz mumkin.
MC28H5135CK_BW_DE68-04245S-01_UZ.indd   11
2014-07-11     5:18:09