Справочник Пользователя для Samsung MW5100H Микроволновая печь с Конвекцией, Технология SLIM FRY, 28 л.

Скачать
Страница из 192
O'zbek - 34
MIKROTO'LQINLAR VA KONVEKSIYADAN 
BIRGALIKDA FOYDALANISH
Tayyorlashning birgalikdagi rejimida mikroto'lqinlar quvvatlaridan ham, konveksion issiqlikdan 
ham foydalaniladi. Bunda avvaldan isitib olish talab qilinmaydi, chunki mikroto'lqinlar quvvati 
darhol ishga tushadi.
Birgalikdagi rejimda ko'pgina mahsulotlarni tayyorlash mumkin, jumladan:
•  Qovurilgan g'osht va tovuq
•  Piroglar va tortlar
•  Tuxumli va pishloqli taomlar
DOIMO mikroto'lqinli pechda ham, oddiy isitish shkafida ham foydalanish mumkin bo'lgan 
anjomlardan foydalaning. Buning uchun shisha va sopol idishlar juda bop hisoblanadi, 
chunki ular mikroto'lqinlarning taomga bir tekis kirishiga imkon beradi. 
DOIMO pechdagi idishlarga tegayotganda maxsus ushlagichlardan foydalaning, chunki 
ular qattiq qizdiriladi. Agar quyi taglikdan foydalansangiz, yanshiroq tayyorlangan va 
qizartirilgan taomni olishingiz mumkin.
Eshikni oching. Mahsulotlarni aylanuvchi patnisga yoki patnis o'rnatiladigan pastki taglikka 
joylashtiring. Eshikchani yoping. Isitish elementi gorizontal holatda bo'lishi kerak.
1.  Комби (Quvvat darajasi+Gril) tugmachasini bosing.
Natija: 
Displeyda quyidagi ma'lumotlar namoyish qilinadi: 
Cb-1  (Mikroto'lqin + Gril)
2.  Funksiyalarni tanlash doiraviy shkalasini burash orqali 
Cb-2 (Mikroto'qin + Konvektsiya) ni namoyish qiling va keyin 
Funksiyalarni tanlash doiraviy shkalasini bosing.
3.  Tegishli chiqish quvvati (600, 450, 300, 180, 100 Vt) namoyish 
qilinmagunicha Funksiyalarni tanlash doiraviy shkalasini 
buragan holda tegishli quvvat darajasini tanlang. Shu vaqtda 
quvvat darajasini o'rnatish uchun Funksiyalarni tanlash 
doiraviy shkalasini bosing.
•  Agar siz 5 soniya ichida quvvat darajasini o'rnatmasangiz, 
avtomatik ravishda tayyorlash vaqtini o'rnatish bosqichiga 
o'zgaradi. (Boshlang'ich: 180 °C)
4.  Funksiyalarni tanlash doiraviy shkalasini buragan holda 
tegishli haroratni tanlang. (Harorat: 200~40 °C). Shu vaqtda 
quvvat darajasini o'rnatish uchun Funksiyalarni tanlash 
doiraviy shkalasini bosing.
•  Agar siz 5 soniya ichida haroratni o'rnatmasangiz, avtomatik 
ravishda tayyorlash vaqtini o'rnatish bosqichiga o'zgaradi.
Natija: 
Displeyda quyidagi ma'lumotlar namoyish qilinadi: 
(mikroto'lqin va konveksiyadan birgalikda 
foydalanish rejimi)
600 Vt (ishlab chiqilayotgan quvvat)
180 °C (harorat)
5.  Funksiyalarni tanlash doiraviy shkalasini buragan holda 
tayyorlash vaqtini o'rnating.
•  Tayyorlashning eng ko'p darajadagi vaqti 60 daqiqa.
6.  СТАРТ/+30 сек (START/+30 son) tugmasini bosing.
Natija: 
•  Birgalikdagi rejimda taom tayyorlash boshlanadi.
•  Pech talab qilingan haroratgacha qiziydi, keyin 
berilgan tayyorlash vaqti nihoyasiga yetgunicha 
tayyorlash mikroto'lqinlar yordamida davom ettiriladi.
•  Tayyorlash nihoyasiga yetishi bilan pech tovushli 
signal beradi va "End (Tamom)" 4 marta miltillaydi. 
Keyin pech har daqiqada bir marta tovushli signal 
beradi.
TOVISHLI SIGNALNI O'CHIRIB QO'YISH
Siz istalgan vaqtda tovushli signalni o'chirib qo'yishingiz mumkin.
1.  СТАРТ/+30 сек (START/+30 son) va СТОП/ЭКО 
(TO'XTATISH/EKO) tugmalarini bir vaqtda bosing.
Natija: 
Pech bundan buyon har safar tugmachalar 
bosilganda tovushli signal bermaydi.
2.  Tovushli signalni yana yoqib qo'yish uchun СТАРТ/+30 сек 
(START/+30 son) va СТОП/ЭКО (TO'XTATISH/EKO) 
tugmachalarini bir vaqtda bosing.
Natija: 
Pech yana tovushli signal bera boshlaydi.
MC28H5135CK_BW_DE68-04245S-01_UZ.indd   34
2014-07-11     5:18:15