Samsung RB6000KC Нижняя морозильная камера с технологией Space Max™, 344 л Benutzerhandbuch

Seite von 200
Ishlatish amallari
O'zbek
40 
Ishlatish amallari
Samsung Smart Home
O‘rnatish
Google Play Store, Galaxy Apps yoki Apple App Store’ga tashrif buyuring va “Samsung Smart 
Home”ni qidiring. Aqlli qurilmangizga Samsung Electronics tomonidan taqdim etiladigan Samsung 
Smart Home ilovasini yuklab oling va o‘rnating.
IZOH
•  Samsung Smart Home ilovasi Android 4.0 (ICS) yoki undan keyingi versiyalarda yoki iOS 
7.0 yoki undan keyingi versiyalarga mo‘ljallangan bo‘lib, Samsung smartfonlari uchun 
optimallashtirilgandir (Galaxy S va Galaxy Note seriyalari). Boshqa smartfon modellarida ayrim 
funksiyalar boshqacha ishlashi mumkin. 
•  Ishlab chiqaruvchining tartib-qoidasiga ko‘ra, samaradorlikni oshirish maqsadida Samsung Smart 
Home ilovasi bildirishsiz o‘zgartirilishi yoki to‘xtatilishi mumkin.
Samsung hisob qaydnomasi
Ilovadan foydalanishingiz uchun Samsung hisob qaydnomangizni ro'yxatidan o'tkazishingiz talab 
qilinadi. Agar sizda Samsung hisob qaydnomasi bo'lmasa, bepul Samsung hisob qaydnomasini 
yaratish uchun ilova ekranidagi ko'rsatmalarni bajaring.
Boshlash
1.  Taqdim qilingan Smart Home kalitini sovitkichning tegishli portiga kiriting.
2.  Samsung Smart Home ilovasini ishga tushiring va Samsung hisob qaydnomangiz bilan tizimga 
kiring. iPhone foydalanuvchilari har safar ilovaga kirganlarida tizimga kirish ma'lumotlarini 
taqdim qilishlari kerak.
3.  Device (Qurilma) > + tasvirchasiga kiring, so'ngra Refrigerator (Muzlatgich) tugmasiga teging.
4.  Router haqida tegishli ma'lumotlarni taqdim qilish uchun ekrandagi ko'rsatmalarni bajaring va 
Next (Keyingi) tugmasiga teging.
5.  Fridge (Muzlatgich) tugmasini ekranda "AP" xabari paydo bo'lguniga qadar 5 soniya davomida 
bosing va ushlab turing. Muzlatgichingiz ilovada ro'yxatdan o'tkaziladi.
6.  Qurilmani ro'yxatdan o'tkazish nihoyasiga yetganida Samsung Smart Home ilovasida muzlatgich 
tasvirchasi paydo bo'ladi.
7.  Muzlatgich sahifasini ochish uchun muzlatgich tasvirchasiga teging.
8.  Tarmoq ulanishi amalga oshirilganda muzlatgichingizda Wi-Fi tasvirchasi yonadi. 
Muzlatgich ilovasi
Integratsiyalangan boshqaruv
Siz muzlatgichingizni uyda yoki tashqarida yurganingizda nazorat qilishingiz mumkin.
•  Muzlatgich sahifasini ochish uchun Samsung Smart Home ilovasida muzlatgich tasvirchasini 
oching.
•  Muzlatgichingizning ishlash holati yoki xabarnomasini tekshiring va zarurat bo'lsa opsiyalarni 
yoki sozlamalarni o'zgartiring.
IZOH
Muzlatgichning ba'zi opsiyalari yoki sozlamalarini masofadan boshqarish mumkin bo'lmasligi 
mumkin.
Untitled-12   40
2016-08-19     4:51:12