Samsung NV75J5170BS/WT Benutzerhandbuch

Seite von 256
34  O'zbek
Amallar
Amallar
Qaynoq tozalash
Pirolitik bu yuqori haroratda termal tozalaydigan ilg‘or bezarar texnologiyadir. U qoldiq yog‘larni 
kuydirib tashlab, qo‘lda tozalashni osonlashtiradi.
1.  Barcha aksessuarlarni, jumladan, yon 
relslarni ham olib tashlab, pech ichidagi 
yirik qoldiqlarni qo‘lda artib tashlang. Aks 
holda, tozalash paytida ular o‘t olib, yong‘in 
kelib chiqishi mumkin.
2.  Rejim tanlagichini burab, 
 ni tanlang.
3.  Qiymat shkalasini burab, Qaynoq tozalashni 
(C 2) tanlang, keyin OK ni bosing.
4.  Tozalash vaqtini 3 bosqichda tanlash uchun 
qiymat shkalasini burang: 1 st  
50 daq, 2 st 10 daq va  2 st 30 daq.
5.  Tozalashni boshlash uchun OK ni bosing.
6.  Tugallangach, pech sovishini kuting, keyin 
ho‘l latta bilan eshik chekkalarini artib 
chiqing.
DIQQAT
•  Pechga tegmang, chunki sikl vaqtnida pech 
qizib ketadi.
•  Biror-bir hodisa yuz bermasligi uchun 
bolalarni pechga yaqinlashtirmang.
•  Sikl tugallangach, sovitish ventilyatori pechni 
sovitish uchun ishlayotgan paytda pechni 
o‘chirmang.
IZOH
•  Sikl boshlangach, pech ichi qizib ketadi. 
Keyin, xavfsizlik maqsadida eshik qulflanadi. 
Sikl tugab, pech sovigach, eshik qulfi ochiladi.
•  Pechni tozalashdan avval bo‘shatishni 
unutmang. Pech ichidagi yuqori harorat 
natijasida aksessuarlar qiyshayishi mumkin.
NV75J5170BS_WT_DG68-00617F-01_UZ.indd   34
2015-06-04   �� 11:20:04