Samsung RF9000 Холодильник с трёхконтурной системой охлаждения Triple Cooling, 611 л Benutzerhandbuch

Seite von 132
Nosozliklarni bartaraf qilish
O'zbek
42 
Nosozliklarni bartaraf qilish
Alomat
Harakat
Old burchaklari va 
yonlari isib kondensat 
hosil qilmoqda.
•  Kondensat hosil bo'lishining oldini olish maqsadida, old 
burchaklarda issiqlikka bardosh beruvchi naychalar o'rnatilgan. 
Agar atrofdagi harorat oshsa, ushbu qurilma samarali ishlamasligi 
mumkin. Bu tizimdagi xatolik emas.
•  Eshiklar to'g'ri yopilayotganligiga ishonch hosil qiling. Eshikni biroz 
vaqtga ochiq qoldirsangiz, kondensat hosil bo‘lishi mumkin.
•  Sovitkichning muzdek yuzasiga nam havo tegsa, sovitkichning 
tashqi yuzasida kondensat hosil bo‘lishi mumkin.
Shildirab oqayotgan 
tovush eshitilmoqda.
•  Sovitkich sovitish paytida shunday ovoz chiqaradi, bu normal holat 
hisoblanadi.
Sovitkich ichidan 
badbo'y hid chiqmoqda.
•  Aynigan taomlar yo'qligini tekshiring. Sovitkichni tez-tez tozalab 
turishni va har qanday aynigan yoki shubhali oziq-ovqatlarni 
chiqarib tashlashni maslahat beramiz.
•  Hidi qattiq chiqadigan oziq-ovqatlarni yaxshilab o'rashni unutmang.
Ichki devorlarda qirov 
hosil bo'lmoqda.
•  Sovitkichning havo chiqadigan teshiklari oziq-ovqat bilan to'silib 
qolmaganligiga ishonch hosil qiling. Shuningdek, havo aylanishi 
bir tekis bo'lishi uchun oziq-ovqatlarni to'g'ri qo'yish muhim 
hisoblanadi.
•  Eshiklar to'g'ri yopilayotganligiga ishonch hosil qiling.
Ichki devorlarida 
yoki sabzavotlarning 
atroflarida kondensat 
hosil bo'lmoqda.
•  Bunga sabab katta miqdorda suvga ega oziq-ovqat usti yopilmagan 
holda saqlanishi yoki sovitkich eshigi bir muddat ochiq qolgan 
bo'lishi mumkin. 
•  Oziq-ovqat usti yopilgan yoki qopqog'i yopiladigan idishda 
saqlanishiga ishonch hosil qiling.
Untitled-3   42
2017-02-06     6:03:02