Samsung MS23K3513AK Benutzerhandbuch

Seite von 128
10
O'ZBEK
MIKROTO’LQINLI PECHNING ISHLASH TAMOYILI
Mikroto’lqinlar yuqori chastotali elektromagnit to’lqinlardir; mikroto’lqinlardan 
ajralib chiqadigan quvvatlar taomlarni tayyorlash yoki ularning shakli va 
ranglarini o’zgartirmasdan isitishga imkon beradi.
Mikroto’lqinli pechdan quyidagilar uchun foydalanish mumkin:
•  muzdan tushirish;
•  tezkor isitish/tayyorlash;
• tayyorlash.
Taom tayyorlash tamoyili
1.  Magnetron tomonidan hosil qilinadigan o’ta yuqori 
chastotali to’lqinlar aylanuvchi stolchada taomni 
aylantirish jarayonida bir tekis taqsimlanadi. Shuning 
hisobiga taom bir tekis tayyorlanadi.
2.  Mikroto’lqinlar mahsulot ichiga 2,5 sm (1 dyuym) 
chuqurlikkacha kiradi. Keyin issiqlik bilan qayta 
ishlash issiqlikning mahsulot ichida tarqalishi hisobiga 
davom ettiriladi.
3.  Tayyorlash vaqti foydalaniladigan idishlar va 
mahsulotning quyidagi xususiyatlariga bog’liq 
ravishda turlicha bo’lishi mumkin:
•  mahsulotlarning miqdori va zichligi;
•  ularning tarkibidagi suvning miqdori;
•  boshlang’ich harorat (mahsulotning muzlatilganligi yoki yo’qligi).
Tayyorlanayotgan taomning markaziy qismi issiqlikning yoqilishi hisobiga 
tayyorlanganligi uchun taom tayyorlash jarayoni hattoki taom pechdan 
olingandan keyin ham davom ettiriladi. Shuning uchun quyidagilarni 
ta’minlash uchun taom retseptlari va ushbu yo’riqnomada ko’rsatilgan 
taomning "kutish vaqtiga" amal qilish lozim:
•  taomni markazigacha bir tekis tayyorlash;
•  taomning butun hajmi bo’yicha bir xil harorat.
PECHNING TO’G’RI ISHLASHINI TEKSHIRISH
Quyida bayon qilingan oddiygina protsedura istalgan vaqtda pechning to’g’ri 
ishlayotganligini tekshirish imkonini beradi. Boshqaruv panelining quyi chap 
burchagidagi katta tugmachani bosgan holda pech eshikchasini oching.
Aylanuvchi patnisga suv quyilgan stakanni joylashtiring. Keyin eshikchani 
yoping.
1.  СВЧ (Mikroto'lqin) tugmachasini bosing va 1МИН 
(1daq) tugmasini kerakli marta bosgan holda  
4 daqiqadan 5 daqiqagacha bo’lgan vaqtni o’rnating.
2.  СТАРТ (START) (
) tugmachasini bosing.
Natija: 
Pechdagi suv 4-5 daqiqa davomida 
isiydi. Keyin suv qaynashi kerak.
Pech tegishli o’zgaruvchan tok tarmog’i rozetkasiga ulangan bo’lishi 
kerak. Pechga aylanuvchi patnis o’rnatilgan bo’lishi kerak. Agar eng 
yuqori darajadagidan farq qiluvchi quvvat darajasidan foydalanilsa, suvni 
qaynash darajasiga yetkazish uchun ko’proq vaqt talab qilinadi.
QUVVATLARNI TEJASH REJIMINI SOZLASH
Ushbu pech quvvatlarni tejash rejimi bilan jihozlangan. Ushbu rejim pechdan 
foydalanilmayotgan vaqtda elektr quvvatini tejab qolishga imkon beradi.
•  Режим энергосбережения  
(Quvvatlarni tejash rejimi) tugmachasini bosing.
•  Quvvatlarni tejash rejimidan chiqish uchun eshikchani 
oching, displeyda joriy vaqt namoyish qilinadi. Pech 
foydalanishga tayyor.
GE83XR_BWT_DE68-04056A-04_UZ.indd   10
2014-07-16     7:04:33