Samsung RT6000К Верхняя морозильная камера с технологией Twin Cooling Plus™, 542 Л Benutzerhandbuch

Seite von 156
Texnika xavfsizligi bo‘yicha ma‘lumotlar
O'zbek
12 
Te
xnik
a x
avf
sizligi bo
‘yicha ma‘lumo
tlar
Foydalanish bo'yicha jiddiy ogohlantirishlar
OGOHLANTIRISH
•  Vilkani rozetkaga nam qo'llaringiz bilan ushlamang.
-  Bu elektr toki urishiga sabab bo'lishi mumkin.
•  Muzlatgich kamerasi ustiga narsalar qo'ymang.
-  Muzlatgich kamerasi eshigini ochganingizda yoki 
yopganingizda uning ustidagi narsalar tushib ketishi va 
shaxsiy jarohatlanishga va/yoki moddiy zararga sabab 
bo'lishi mumkin.
•  Muzlatgich osti yoki orqasiga qo'l, oyoq yoki (ovqatlanish 
tayoqchalari va shu kabi) metall buyumlarni tiqmang.
-  Bu elektr toki urishi yoki jarohatlanishga olib kelishi 
mumkin.
-  O'tkir uchli narsalar shaxsiy jarohatlanishga sabab 
bo'lishi mumkin.
•  Muzlatgich kameraning ichki devorlariga yoki muzlatgich 
kameraga joylashtirilgan mahsulotlarga nam qo'llaringiz 
bilan tegmang.
-  Bu sovuq urishga olib kelishi mumkin.
•  Suv to'ldirilgan idishni muzlatgich ustiga qo'ymang.
-  Agar suv to'kilib ketsa, elektr tokidan zarba olishingiz 
yoki yong'in chiqishiga sabab bo'lishi mumkin.
•  Uchuvchan yoki yonuvchan buyumlar yoki moddalarni 
(benzol, suyultirgichlar, propan gazi, spirt, efir, suyultirilgan 
gaz va shunga o'xshash boshqa narsalarni) muzlatgichda 
saqlamang.
-  Muzlatgich faqat oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash 
uchun mo‘ljallangan.
Untitled-6   12
2016-03-21     2:50:43