Samsung MS22M8074AT Benutzerhandbuch

Seite von 144
Xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalar
4  O'zbek
Xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalar
Mikroto'lqinli pechni suv sepib tozalash mumkin emas.
Bu qurilma treyler, furgon va shunga o'xshash transport vositalariga o'rnatish 
uchun mo'ljallanmagan.
Bu qurilmadan jismoniy, sezgi yoki aqliy qobiliyati cheklangan yoki bilimi va 
tajribasi yetarli bo'lmagan shaxslar (jumladan bolalar) foydalanishlari mumkin 
emas. Ularning xavfsizligi uchun javobgar shaxs tomonidan bu qurilmadan 
foydalanish to'g'risida ularga ko'rsatma bergan yoki nazorat qilib turgan hollar 
bundan mustasno.
Bolalar moslama bilan o'ynamasliklarini nazorat qilib turishingiz kerak.
Moslamadan yoshi 8 dan oshgan bolalar, jismoniy, sezuvchanlik yoki aqliy 
qobiliyati cheklangan odamlar tegishli yo'l-yoriq yoki ko'rsatma berilgan 
taqdirda va uning xavfini tushungan holda foydalanishi mumkin. Bolalar bu 
qurilma bilan o'ynamasliklari kerak. Tozalash va texnik xizmat ko'rsatish bolalar 
tomonidan nazoratsiz tarzda amalga oshirilmasligi kerak.
Agar elektr manbaiga ulash kabeli shikastlangan bo'lsa, xatarning oldini olish 
uchun u ishlab chiqaruvchi, uning xizmat ko'rsatish agenti yoki malakali shaxslar 
tomonidan almashtirilishi kerak.
Bu pech bo'shlig'i va boshqaruv panelidan foydalanish oson bo'lgan tarzda 
to'g'ri yo'nalish va balandlikda o'rnatilishi kerak.
Pechdan ilk marta foydalanganda pech 10 daqiqa ichiga suv qo'yilgan holda 
ishlatilishi va keyin foydalanilishi kerak.
Agar ishlaganda bu pech g'alati shovqin, kuygan hid yoki tutun chiqarsa, 
darhol elektr manbaiga ulash vilkasini uzing va yaqinroqdagi xizmat ko'rsatish 
markaziga murojaat qiling.
Pech elektr manbaiga ulash vilkasidan osongina foydalanish mumkin bo'lgan 
tarzda joylashtirilishi kerak.
Untitled-1   4
2017-03-28     12:18:03