Samsung RB6000KC Нижняя морозильная камера с технологией Space Max™, 344 л User Manual

Page of 200
Texnika xavfsizligi bo‘yicha ma‘lumotlar
O'zbek
Te
xnik
a x
avf
sizligi bo
‘yicha ma‘lumo
tlar
•  Bu yerda bayon qilingan foydalanish bo’yicha 
ko’rsatmalar turli modellarga taalluqli bo’lganligi uchun 
muzlatgichingizning xususiyatlari ushbu qo’llanmada 
keltirilgan xususiyatlardan bir oz farq qilishi mumkin. 
Agar biron-bir savolingiz yoki bu borada tashvishlaringiz 
bo'lsa, sizga yaqin joylashgan xizmat ko'rsatuvchi 
markaziga murojaat qiling yoki tegishli yordam va kerakli 
ma'lumotlarni ushbu saytdan oling: www.samsung.com.
•  Muzlatish tizimidan modda oqib chiqish holatlari yuzaga 
kelsa, yonuvchan gaz-havo aralashmasining hosil bo'lishi 
oldini olish uchun jihoz joylashtirilishi mumkin bo'lgan 
xonaning o'lchami foydalanilgan sovitish kimyoviy 
moddasi miqdoriga bog'liq bo'lishi kerak.
•  Jihozda har qanday shikastlanish holatlari aniqlansa, uni 
yoqmang. Agar shubhangiz bo'lsa, dilerga murojaat qiling. 
Jihozga quyilgan har 8 gramm R-600a sovitish moddasi 
uchun xonada 1 m³ joy bo‘lishi kerak. Jihozingizdagi 
sovitish kimyoviy moddasi miqdori uning ichidagi 
identifikatsiya yorlig'ida ko'rsatilgan.
•  Naychalardan otilib chiqayotgan sovitish kimyoviy 
moddasi yonib ketishi yoki ko'zni jarohatlashi mumkin. 
Naychadan muzlatish moddasi oqayotganda uning 
yaqinida olov yonib turishiga yo'l qo'ymang, har qanday 
yonuvchan narsani mahsulot oldidan nariga oling va zudlik 
bilan xonani shamollating.
-  Ushbu talablarga rioya qilmaslik yong'inni yoki 
portlashni yuzaga keltirishi mumkin.
•  Ushbu mahsulotga Vakolatli xizmat ko'rsatuvchi shaxsdan 
boshqa shaxslarning xizmat ko'rsatishi xavflidir.
Untitled-12   4
2016-08-19     4:51:09