Samsung RF24 Холодильник с диспенсером для приготовления газированной воды, 495 л User Manual

Page of 188
Ushbu ogohlantiruvchi belgilar 
jihozdan foydalanishda o'zingiz va 
boshqalar jarohatlanishining oldini 
olish uchun bu yerda qayd etilgan. 
Iltimos, ularga diqqat bilan amal 
qiling.
Ushbu bo'limni o'qib chiqqandan 
keyin keyinchalik undan ma'lumot 
olish uchun uni ishonchli joyda 
saqlang.
CE bildirishnomasi
Ushbu mahsulot "Past volt 
yo'riqnomasi" (2006/95/Yevropa 
Kommisiyasi), "Elektromagnit 
muvofiqligi yo'riqnomasi" (2004/108/
Yevropa Kommisiyasi), "Zararli 
moddalardan foydalanishni cheklovchi 
(RoHS) yo'riqnomasi" (2011/65/
Yevropa Ittifoqi), 1060/2010-sonli 
"Komissiyaning vakolat berilgan 
nizomi" (Yevropa Ittifoqi) va 
643/2009-sonli nizomi (Yevropa 
Kommisiyasi) asosida amalga 
oshirilgan Eko-dizayn yo'riqnomasi 
(2009/125/Yevropa Kommisiyasi) 
talablariga mos ekani belgilab qo'yildi. 
(Faqat Yevropa mamlakatlarida 
sotiladigan mahsulotlar uchun)
TASHISH VA 
O'RNATILADIGAN JOY 
BO'YICHA MUHIM 
OGOHLANTIRISH BELGILARI
•  Muzlatgichni bir joydan 
ikkinchi joyga tashish va so'ng 
o'rnatishda jihoz muzlatish 
tizimining hech bir joyiga zarar 
yetkazilmasligi uchun ehtiyot 
choralari ko'rilishi lozim.
•  R-600a yoki R-134a-dan sovutish 
moddasi sifatida foydalaniladi. 
Ushbu muzlatgichda qaysi sovitish 
kimyoviy moddasi ishlatilayotganini 
ko'rish uchun jihozning orqa 
tarafidagi kompressor yorlig'i 
yoki muzlatkich ichidagi passport 
yozuvlarini tekshirib ko'ring.
•  Agar ushbu mahsulotda o't oluvchi 
gaz (R-600a sovitish kimyoviy 
moddasi) ishlatilsa,
 
- Naychalardan oqib chiqayotgan 
sovutish moddasi yonib ketishi yoki 
ko'zni jarohatlashi mumkin. Agar 
suyuqlik oqishi aniqlansa, ochiq 
olovdan yoki yonishi ehtimoliga ega 
narsalardan darhol uzoqlashing va 
jihoz turgan xonani bir necha daqiqa 
shamollating.
 
- Muzlatish tizimidan modda 
oqib chiqish holatlari yuzaga 
kelsa, yonuvchan gaz-havo 
aralashmasining hosil bo'lishi oldini 
OGOHLANTIRISH
O'zbekcha - 4
DA68-03022F-07.indb   4
DA68-03022F-07.indb   4
2017. 2. 7.   
 4:36
2017. 2. 7.   
 4:36