Samsung RF24 Холодильник с диспенсером для приготовления газированной воды, 495 л User Manual

Page of 188
Suv ta’minotida teskari osmos usuli. 
MUHIM:
Teskari osmos tizimidan chiqib, muzlatgichning 
suv quyish klapaniga kelayotgan suv ta’minotining 
bosimi 35 va 120 f/kv.d (241 va 827 kPa) 
oralig‘ida bo‘lishi lozim.
Agar teskari osmos suvni filtrlash tizimi sovuq suv 
ta’minotiga ulangan bo‘lsa, suvning teskari osmos 
tizimiga nisbatan bosimi eng kamida 40-60 f/kv/d 
(276-414 kPa) bo‘lishi lozim.
Agar teskari osmos tizimidagi suv bosimi 40-60 f/
kv/d (276-414 kPa) dan past bo'lsa:
•  Teskari osmos tizimidagi cho‘kindi filtri yopilib 
qolmaganligini tekshiring.
Zarur bo'lgan hollarda filtrni almashtiring.
•  
Intensiv foydalangandan so‘ng, teskari osmos 
tizimidagi saqlovchi idishning qayta to‘lishiga 
imkon yarating.
•  
Agar muzlatgichingizda suv filtri mavjud 
bo‘lsa, u teskari osmos tizimi bilan birgalikda 
ishlatilganda, keyinchalik suv bosimini 
kamaytirishi mumkin. Suv filtrini chiqarib 
tashlang.
Agar suv bosimiga oid savollaringiz bo‘lsa, 
litsenziyali va malakali suvsozga murojaat qiling.
HARORATNI BOSHQARISH
Muzxona va muzlatgich 
bo‘limlarining asosiy harorati
Muzxona va muzlatgichning asosiy hamda tavsiya 
etilgan haroratlari tegishli ravishda -19 °C va 3 °C 
ga teng.
Agar muzxona va muzlatgich bo‘limlarining 
harorati juda yuqori yoki juda past bo‘lib ketsa, 
haroratni qo‘lda sozlang.
Muzxona haroratini boshqarish
Tavsiya etilgan harorat (Muzxona): -19 °C
Tavsiya etilgan harorat (Muzxona): -19 °C
Muzxona haroratini ehtiyojlaringizga mos holda 
-23 °C dan -15 °C gacha o'rtasida o'rnatish 
mumkin.
Harorat displeyida kerakli harorat namoyish 
qilinmagunicha Freezer (Muzxona) tugmasini 
qayta-qayta bosing.
Har safar tugma bosilganda harorat 1 °C (yoki 
1 °F) qadam bilan o'zgaradi. Quyidagiga qarang.
Selsiy shkalasi: -19 °C ➞ -20 °C ➞ -21 °C ➞ 
-22 °C ➞ -23 °C ➞ -15 °C ➞ -16 °C ➞ -17 °C ➞ 
-18 °C ➞ -19 °C.
Muzqaymoq singari ayrim taomlarning -15.5 °C 
darajada erib ketishi mumkinligini yodda tuting.
Harorat ko'rsatkichi ketma-ket ravishda -23 °C 
dan -15 °C darajagacha o'zgaradi.
O'zbekcha - 37
ISHLAMOQD
A
DA68-03022F-07.indb   37
DA68-03022F-07.indb   37
2017. 2. 7.   
 4:37
2017. 2. 7.   
 4:37