Samsung RF24 Холодильник с диспенсером для приготовления газированной воды, 495 л User Manual

Page of 188
Shuni yodda tutingki, muz chelagini 
tortmadan olayotganingizda muz 
tayyorlagichdagi muz kubchalari 
tortmadan toshib ketishi mumkin. 
Agar bu yuz bersa, tortmadan toshib 
ketgan muz kubchalarini tozalang.
Agar elektr ta'minoti uzilib qolsa, muz 
kubchalari erishi va keyin elektr ta'minoti 
tiklanganda ular birgalikda muzlashi 
hamda dispenserni ishlashdan to'xtatib 
qo'yishi mumkin.
Bu muammoning oldini olish uchun elektr 
ta'minotida uzilish bo'lgandan keyin muz chelagini 
chiqarib oling va qoldiq muz yoki suvni to'kib 
tashlang.
Agar siz barcha muzdan birdaniga 
foydalanmoqchi bo'lsangiz, chapdagi 
muz tayyorlashning 2 va 3-qadamlarini 
takrorlashingiz lozim.
Biroq dastlabki 4-6 ta muz kubchalarini 
taqsimlashdan avval 8 soat kuting.
Bu muz kubchalarini to'ldiradi va eng ko'p 
darajadagi muz hosil qilishni ta'minlaydi.
DIQQAT
DIQQAT
Muzni yo‘qotish Funksiyasidan 
foydalanish
Muzni yo‘qotish rejimi tanlanganda chelakdagi 
barcha muz kubchalari olib tashlanadi.
Agar muz bo'lakchalari chelakda qoldirilsa, ular 
bir-birlariga yopishib qolishlari va buning natijasida 
ularni olib tashlash qiyin bo‘lishi mumkin.
Muz chelagini ehtiyotlik bilan va jarohat olmagan 
holda olish uchun bir qo‘lingiz bilan chelakning tag 
qismidan va boshqa qo‘lingiz bilan yon tomonidan 
ushlang.
Keyin muz chelagini ko‘taring va to‘g‘ri tashqariga 
torting.
Muz chelagini qo‘yish uchun uni to‘g‘ri qaytarib 
bosing. 
Agar muz chelagi o‘z joyiga mahkam 
o‘rnatilmagan bo‘lsa, chelakdagi muz erib 
ketishi mumkin.
Agar chelak joyiga tushmasa, uni spiral 
yo‘nalishida 90 daraja burang (quyi o‘ng 
tomondagi so‘nggi rasmga qarang) va qaytadan 
urining.
•  Muzlatgich ishlayotgan vaqtda muz 
chelagining ichi juda sovuq bo‘ladi.
Muz chelagining ichiga qo‘lingizni 
chuqur tiqmang.
•  Faqat muzlatgich bilan birga berilgan muz 
tayyorlagichdan foydalaning.
Muzlatgichning suv ta‘minoti faqat kerakli 
malakaga ega bo‘lgan shaxs tomonidan 
o‘rnatilishi/ulanishi kerak.
Faqat ichimlik suvi ta‘minoti kraniga ulang.
•  Muz tayyorlagichni to‘g‘ri ishlatish uchun 
suv bosimi kvadrat dyuymga 20 ~ 125 funt 
oralig‘idagi bo‘lishi talab qilinadi.
DIQQAT
O'zbekcha - 40
DA68-03022F-07.indb   40
DA68-03022F-07.indb   40
2017. 2. 7.   
 4:37
2017. 2. 7.   
 4:37