Samsung WW9000H Стиральная Машина, Технология Auto Optimal Wash, 10 кг User Manual

Page of 224
O’zbek - 6
Elektr manbaiga ulash shnurini qattiq tortmang yoki ortiq darajada bukmang.
Elektr manbaiga ulash shnurini o'ramang yoki bog'lamang.
Elektr manbaiga ulash shnurini metall buyumlarga osmang, elektr manbaiga ulash shnuri ustiga og'ir buyumlarni qo'ymang, elektr 
manbaiga ulash shnurini buyumlar orasiga joylashtirmang yoki elektr manbaiga ulash shnurini mashinaning orqa devorida joylashgan 
maydonga kiritmang.
•  Bu elektr toki urishi yoki yong'inga olib kelishi mumkin.
Viklani rozetkadan sug'urishda elektr manbaiga ulash shnuridan tortmang.
•  Elektr manbaiga ulash vilkasini vilkadan ushlagan holda rozetkadan sug'urib oling.
•  Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi yoki yong'inga olib kelishi mumkin.
Ushbu kir yuvish mashinasi elektr tarmog'iga ulash shnuri, vodoprovod krani va suv chiqarish trubasidan foydalanish mumkin bo'lgan 
tarzda o'rnatilishi kerak.
 DIQQAT: O'rnatishga oid OGOHLANTIRUVCHI MA'LUMOTLAR
Ushbu mashina elektr manbaiga ulash vilkasidan osongina foydalanish mumkin bo'lgan tarzda joylashtirilishi kerak.
•  Ushbu talabga amal qilmaslik elektr tokining chiqib ketishi tufayli elektr toki urishi yoki yong'inga olib kelishi mumkin.
Ushbu mashinani uning og'irligini ko'tara oladigan qattiq, tekis polga o'rnating.
•  Ushbu talabga amal qilmaslik anomal tebranishlar, mashinaning polda siljib ketishi, shovqin chiqishi yoki mahsulot nosozliklariga 
olib kelishi mumkin.
 OGOHLANTIRISH: Foydalanishga oid muhim OGOHLANTIRISHLAR
Agar mashina suv bilan to'lib qolsa, darhol suv va elektr ta'minotini o'chiring va o'zingizga eng yaqin joylashgan xizmat ko'rsatish 
markaziga murojaat qiling.
•  Elektr manbaiga ulash vilkasiga nam qo'llaringiz bilan tegmang.
•  Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishiga olib kelishi mumkin.
Agar ushbu mashina g'alati shovqinli tovushlar, kuygan hid yoki tutun chiqarsa, darhol elektr manbaiga ulash vilkasini uzing va 
o'zingizga eng yaqin joylashgan xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling.
•  Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi yoki yong'inga olib kelishi mumkin.
Gaz (masalan, propan, siqilgan gaz va hokazo) oqib chiqqan hollarda elektr manbaiga ulash vilkasiga tegmasdan xonani darhol 
shamollating. Ushbu mashina yoki elektr manbaiga ulash shnuriga tegmang.
•  Ventilyatordan foydalanmang.
•  Uchqun chiqishi portlash yoki yong'inga olib kelishi mumkin.
Bolalarga kir yuvish mashinangizni yoki uning ichida o'ynashlariga yo'l qo'ymang. Bundan tashqari, mashinani chiqitga chiqarishda kir 
yuvish mashinasi eshigining dastasini olib tashlang.
•  Mashina ichiga kirgach bola tiqilib qolishi va bo'g'ilishi mumkin.
Kir yuvish mashinasidan foydalanishni boshlashdan avval uning asosiga biriktirilgan qadoqlarni (gubka, penoplast) olib tashlanganligiga 
ishonch hosil qiling.
Mashinaning kirlangan qismlarini gazolin, benzin, kerosin, bo'yoqlarning erituvchilari, spirt yoki boshqa yonuvchi yoki portlovchi 
moddalar bilan yuvmang.
•  Bu elektr toki urishi, yong'in yoki portlashga olib kelishi mumkin.
Untitled-7   6
2016-02-04     5:05:50