Samsung WW9000H Стиральная Машина, Технология Auto Optimal Wash, 10 кг User Manual

Page of 224
O’zbek - 16
6.  (E) qismni ushlab turgan holda suv ta'minoti shlangini adapterga ulang. Keyin 
(E) qismni bo'shatib yuboring. Shlang adapterga tirqillagan ovoz chiqargan holda 
tushadi.
E
7.  Suv ta'minoti shlangining boshqa uchini kir yuvish mashinasining orqa panelidagi 
suv kiritish klapaniga ulang. Uni qotirish uchun shlangni soat mili yo'nalishida 
burang.
8.  Suv kranini oching va ulanish sohasi atroflaridan hech qanday oqib chiqishlar 
yo'qligini tekshiring. Agar suv oqib chiqayotgan bo'lsa, yuqoridagi qadamlarni 
qaytadan bajaring.
•  Agar siz vint turidagi krandan foydalanayotgan bo'lsangiz, suv shlangini suv kraniga 
rasmda ko'rsatilgani kabi ulang.
OGOHLANTIRISH
Suv oqib chiqishi yuz bergan hollarda kir yuvish mashinasidan foydalanishni to'xtating va mahalliy Samsung xizmat ko'ratish 
markaziga murojaat qiling. Aks holda bu elektr toki urishiga olib kelishi mumkin.
DIQQAT
Suv ta'minoti shlangini kuch bilan tortmang. Agar shlang juda qisqa bo'lsa, shlangni uzunroq, yuqori bosimli shlang bilan 
almashtiring.
•  Suv quyish shlangini adapterga ulaganingizdan keyin shlangni pastga tortgan holda uning to'g'ri ulanganligiga ishonch 
hosil qiling.
•  Suv kranlarining keng tarqalgan turidan foydalaning. Kran to'rtburchak shaklga yoki haddan tashqari katta diametrga ega 
bo'lgan hollarda kranni adapterga birlashtirishdan avval oraliq halqani chiqarib oling.
Untitled-7   16
2016-02-04     5:05:52