Samsung WW9000H Стиральная Машина, Технология Auto Optimal Wash, 10 кг User Manual

Page of 224
O’zbek - 41
ISHLA
TISH AMALLARI
Samsung Smart Washer dasturi
Samsung Smart Washer ilovasini ishlatayotganda, O‘rnatish menyusidagi “Samsung Smart Washer” belgilanganiga amin bo‘ling.
Samsung Smart Washer dasturi sizga kir yuvish mashinasi funksiyalaridan ayrimlarini mobil qurilmangiz orqali boshqarishingizga imkon 
beradi.
Yuklab olish
1.  Samsung Smart Washer-ni Play Store yoki Apple Store-dan qidiring.
2.  Dasturni yuklab oling va mobil qurilmaga o'rnating.
3.  Mobil qurilmangizda Samsung Smart Washer dasturni ishga tushiring.
Kir yuvish mashinasiga ulash
Kir yuvish mashinasi Wi-Fi tarmog'iga ulangan bo'lishi kerak.
Indoor control (Xona ichida boshqarish)
Bu rejimni yoqish uchun mobil qurilma kir yuvish mashinasi bilan bitta tarmoqqa ulangan bo'lishi kerak.
1.  Mavjud kir yuvish mashinalari modellari ro'yxatini namoyish qilish uchun mobil qurilmada Indoor control (Xona ichida 
boshqarish)-ga teging.
2.  Kir yuvish mashinasi modeli nomiga teging va keyin OK tugmasiga teging. Haqiqiyligini aniqlash oynasi namoyish qilinadi.
3.  Kir yuvish mashinasida Settings (Sozlanmalar)-ga teging > Smart Control (Aqlli boshqaruv) surgichini On (Yoqish)-ga suring. 
Haqiqiyligini aniqlash jarayoni boshlanadi.
Haqiqiyligini aniqlash jarayoni faqat dastlabki foydalanish vaqtida bir marta talab qilinadi.
Outdoor control (Tashqarida boshqarish)
Bu rejimni yoqish uchun kir yuvish mashinasi Samsung Smart Appliance saytida (www.samsungsmartappliance.com) ro'yxatga 
olingan bo'lishi kerak.
1.  Kir yuvish mashinasida Settings (Sozlanmalar)-ga teging > Smart Control (Aqlli boshqaruv) surgichini On (Yoqish)-ga suring.
2.  Mobil qurilmada Outdoor control (Tashqarida boshqarish)-ga teging va login ma'lumotlarini kiriting.
Ro'yxatga olingan qurilmalar ro'yxati namoyish qilinadi.
3.  Ro'yxatdan o'zingiz boshqarmoqchi bo'lgan qurilmaga teging. Endi kir yuvish mashinasi va mobil qurilma o'rtasida masofadan 
ulanish avtomatik ravishda o'rnatiladi.
Haqiqiyligini aniqlash jarayoni talab qilinmaydi.
Untitled-7   41
2016-02-04     5:05:57