Samsung WW9000H Стиральная Машина, Технология Auto Optimal Wash, 10 кг User Manual

Page of 224
O’zbek - 48
Muzdan tushirish
Uning harorati 0 °C dan pastga tushganida kir yuvish mashinasi muzlashi mumkin.
1.  Kir yuvish mashinasini o'chiring va elektr tarmog'iga ulash kabeli vilkasini rozetkadan uzing.
2.  Shlangni ajratib olish uchun shlanglar ulangan vodoprovod krani ustidan iliq suv quying.
3.  Suv quyish shlangini uzing va uni iliq suvga botiring.
4.  Barabanga iliq suv quying va uni 10 daqiqa davomida qoldiring.
5.  Suv quyish shlangini suv kraniga qaytadan ulang.
Agar shunda ham kir yuvish mashinasi yaxshi ishlamasa, u yaxshi ishlagunicha yuqoridagi qadamlarni takrorlang.
Uzoq vaqt foydalanilmaslikka qarshi qarov
Kir yuvish mashinasidan uzoq vaqt foydalanmasdan qoldirmang.
Agar shunday qilishga to'g'ri kelsa, kir yuvish mashinasini quriting va elektr tarmog'iga ulash kabelini rozetkadan uzing.
1.  Bosh ekranda Quick Wash (Tezkor yuvish) opsiyasi bilan Rejim > Cotton (Paxta)-ga teging.
2.  Barabanni bo'shating va Start-ga teging.
3.  Rejim ishi tugallangach suv kranini yoping va suv ta'minoti shlangini uzing.
4.  Kir yuvish mashinasini o'chiring va elektr tarmog'iga ulash kabeli vilkasini rozetkadan uzing. 
5.  Baraban ichida havo aylanishi uchun eshikni oching.
Untitled-7   48
2016-02-04     5:05:58