Samsung WW9000H Стиральная Машина, Технология Auto Optimal Wash, 10 кг User Manual

Page of 224
O’zbek - 49
NOSO
ZLIKLARNI BAR
TARAF QILISH
Nosozliklarni bartaraf qilish
Tekshirish nuqtalari
Agar sizda kir yuvish mashinasi bilan bog'liq muammolar vujudga kelsa, eng avvalo quyidagi jadvalga qarang va tavsiyalarni sinab 
ko'ring.
Muammo
Harakat
Kir yuvish mashinasi ishga 
tushmayapti.
•  Kir yuvish mashinasining rozetkaga ulanganligiga ishonch hosil qiling.
•  Eshikning to'g'ri yopilganligiga ishonch hosil qiling.
•  Suv kranining ochilganligiga ishonch hosil qiling.
•  Bosh ekranda yana Start-ga teging.
Suv ta'minoti yetarli emas yoki 
suv ta'minoti mavjud emas.
•  Suv kranini to'liq oching.
•  Suv quyish shlangining muzlamaganligiga ishonch hosil qiling.
•  Suv quyish shlangining bukilganligi yoki to'lib qolmaganligiga ishonch hosil qiling.
•  Suv ta'minoti shlangidagi filtrni tozalang.
Kir yuvish mashinasi kuchli 
tebranayapti yoki shovqin 
chiqarayapti.
•  Kir yuvish mashinasining tekis polga o'rnatilganligiga ishonch hosil qiling. Agar pol sirti 
tekis bo'lmasa, tekislikni sozlash uchun tekislash oyoqchalaridan foydalaning.
•  Tashish boltlarining olib qo'yilganligiga ishonch hosil qiling.
•  Kir yuvish mashinasining boshqa narsalarga tegib turmaganligiga ishonch hosil qiling.
•  Kir yuklanishining tekis taqsimlanganligiga ishonch hosil qiling.
Kir yuvish mashinasi suv 
chiqarmayapti va/yoki kirlarni 
siqmayapti.
•  Suv chiqarish shlangining suv chiqarish tizimigacha tekislanganligiga ishonch hosil qiling.
•  Chiqindi filtrining to'lib qolmaganligiga ishonch hosil qiling.
Eshik ochilmayapti.
•  Kir yuvish mashinasining ishlashini to'xtatish uchun Start-ga teging.
•  Dizenfeksiyalash rejimining isitish sikli davomida eshik yopiq holda bo'ladi.
•  Qulflash tizimini to'xtatish bir necha soniya vaqtni olishi mumkin.
Kir yuvish mashinasi haddan 
tashqari ko'p ko'pik hosil 
qilayapti.
•  Auto Detergent (Avtomatik kir yuvish vositasi) va Auto Softener (Avtomatik yumshatgich) 
sozlanmalarining to'g'ri ko'rsatilganligini tekshiring.
•  Tavsiya qilingan kir yuvish vositasi turlaridan foydalanayotganligingizga ishonch hosil qiling.
Qo'shimcha kir yuvish vositasini 
qo'sha olmayapman.
•  Ularning allaqachon limitdan o'tib ketmaganliklarini ko'rish uchun qolgan kir yuvish vositasi 
va mato yumshatgich miqdorlarini tekshiring.
•  Auto Dispense (Avtomatik taqsimlash) funksiyasining yoqilganligi va Water Hardness (Suv 
qattiqligi) va Concentration (Konsentratsiya) sozlanmalarining to'g'ri ko'rsatilganligiga 
ishonch hosil qiling.
Agar muammoni bartaraf qilib bo'lmasa, mahalliy Samsung xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling.
Untitled-7   49
2016-02-04     5:05:58