Samsung NV5000H Электрический духовой шкаф с технологией Dual Fan, 70 л User Manual

Page of 144
O'zbek - 32
QO'LDA TOZALASH
OGOHLANTIRISH: Pech va uning anjomlarini tozalashdan oldin ular sovuq ekanligini tekshiring.
Dag'al tozalash vositalari, qattiq chyotkalar, tirmovchi mochalka yoki lattalar, po'lat yung, pichoq 
yoki boshqa tirnovchi materiallardan foydalanmang.
Pechning ichki qismi
•  Pechning ichki qismini tozalash uchun toza latta va mo'tadil tozalash vositasi yoki iliq sovunli 
suvdan foydalaning.
•  Eshikcha zichlagichini qo'lda tozalamang.
•  Pechning emal yuzasini shikastlanishdan saqlash uchun oddiy pech tozalagichlaridan 
foydalaning.
•  Qotgan dog'larni ketkazish uchun maxsus pech tozalagichidan foydalaning.
Pechning tashqi yuzasi
Pech eshigi, dastasi va displeyi kabi pechning tashqi qismlarini tozalash uchun toza latta va sust 
yuvish vositasi yoki iliq sovunli suvdan foydalaning va ularni qog'oz sochiq yoki quruq sochiq bilan 
artib, quriting.
Pechdan chiqayotgan issiq havo tufayli tutqich yoki tugmachalar tezda yog'li kir bilan qoplanib 
qolishlari mumkin, shuning uchun pechni ishlatganingizdan so'ng tutqich bilan tugmachalarni 
tozalang.
Anjomlar
Anjomlarni har safar foydalangandan keyin yuving va choy sochig'i bilan quriting. Zarur bo'lgan 
hollarda osonroq tozalanishi uchun 30 daqiqacha iliq sovunli suvni shimdiring.
KATALITIK EMAL YUZA (IXTIYORIY)
Olib qo'yiluvchi qoplama to'q kulrang katalitik emal qilan qoplangan, bu konveksiyali qizdirish 
vaqtida aylanuvchi havo bilan tarqatiladigan moy va hayvon yog'lari bilan qoplanishi mumkin.  
Bu qoplamalar pechning harorati 200 °C darajasidan oshgandan keyin yonib ketadi.
1.  Barcha anjomlarni pechdan olib qo'ying.
2.  Pechning ichki yuzasini tozalagandan so‘ng, bir soat davomida pechni 250 ºC da konveksiyaga 
qo‘yib qo‘ying.
SUV TO'PLAGICHINI TOZALASH (IXTIYORIY)
Suv to'plagichi pechda juda nam taomlar tayyorlanayotganida 
namlikdan to'planadigan suvni yig'ish uchun mo'ljallangan. Suv 
to'plagichida taomlarning qoldiqlari yig'ilib qolishi mumkin. Agar u 
tozalanmasa, pechni o'rab turuvchi jihoz shikastlanishi mumkin. 
Jihozingizni himoyalash uchun pechda taom tayyorlagan so'ng suv 
to'plagichini tozalab turing.
OGOHLANTIRISH: Agar taom tayyorlaganingizdan so'ng suv 
to'plagichidan suvning sizib chiqishini payqasangiz, bizning 
xizmat markazimiz bilan bog'laning.
Suv to'plagichi
NV70H5587BB_WT_DG68-00541A-03_UZ.indd   32
2015-12-07     3:23:23