Samsung CE118PTR-X User Manual

Page of 192
O'zbek - 23
03  
PECHDAN FOYDALANISH
AVTOMATIK TARZDA MUZDAN TUSHIRISH 
FUNKSIYASIDAN FOYDALANISH
Avtomatik tarzda muzdan tushirish ( ) funksiyasi go'sht, parranda 
go'shti, baliq, non mahsulotlari, tort va mevani muzdan tushirishga imkon 
beradi. Muzdan tushirish vaqti va quvvat darajasi avtomatik ravishda 
o'rnatiladi. Dastur va mahsulotlar og'irligini tanlashning o'zi yetarli.
Faqat mikroto'lqinli pechda foydalanish uchun xavfsiz bo'lgan 
idishlardan foydalaning.
Eshikni oching. Tayyorlanayotgan sopol idishdagi muzlatilgan taomni 
aylanuvchi patnisning markaziga qo'ying. Eshikchani yoping.
1.  Avtomatik tarzda muzdan tushirish ( ) tugmasini 
bosing.
2.  Funksiyalarni tanlash doiraviy shkalasini 
buragan holda tayyorlanayotgan taom turini tanlang. 
Avvaldan dasturlashtirilgan turli qizdirish rejimlarining 
bayoni keyingi sahifadagi jadvalda keltirilgan. Shu 
vaqtda taom turini tanlash uchun  
Funksiyalarni tanlash doiraviy shkalasini bosing.
3.  Funksiyalarni tanlash doiraviy shkalasini 
buragan holda porsiya miqdorini tanlang.
4. Start/+30son ( ) tugmasini bosing.
Natija : 
•  Mahsulotlarning muzdan tushishi 
boshlanadi.
•  Muzdan tushirish vaqtining yarmi o'tganda, 
pech mahsulotlarni ag'darish kerakligini 
eslatgan holda tovushli signallar beradi.
5.  Muzdan tushirishni yakunlash uchun yana 
Start/+30son ( ) tugmasini bosing.
Natija : 
Tayyorlash nihoyasiga yetishi bilan pech 
tovushli signal beradi va "0" 4 marta 
miltillaydi. Keyin pech har daqiqada bir marta tovushli signal beradi.
AVTOMATIK TARZDA MUZDAN TUSHIRISH 
DASTURLARIDAN FOYDALANISH
Quyida keltirilgan jadvalda tezlashtirilgan Avtomatik tarzda muzdan 
tushirish ( ) rejimining turli dasturlari, mahsulot hajmi, ushlab turish vaqti va 
tegishli tavsiyalar keltirilgan. Muzdan tushirishdan avval har qanday o'rama 
materiallarni olib tashlash kerak. Muzlatilgan go'sht, tovuq yoki baliqni yassi 
shisha yoki sopol idishga, nonni esa – oshxona qog'oziga joylashtiring.
Kod
Taom
Porsiya 
(g)
Ushlab turish 
vaqti (daq.)
Tavsiyalar
1
Go'sht 
200-1500
20-90
Chetlarini alyuminiy folga bilan yoping. 
Pech tovushli signal berganida 
go'shtni aylantiring. Ushbu dastur 
mol go'shti, qo'y go'shti, cho'chqa 
go'shti, bifshtekslar, to'qmoqlangan 
go'sht, qiymani muzdan tushirish 
uchun mo'ljallangan.
2
Parranda 
go'shti 
200-1500
20-90
Oyoqlari va qanotlarining uchini 
alyuminiy folga bilan yoping. Pech 
tovushli signal berganida parranda 
go'shtini aylantiring. Siz tovuqni 
ham butunligicha, ham bo'laklar 
ko'rinishida muzdan tushirishingiz 
mumkin.
3
Baliq 
200-1500
20-80
Butun baliqning dumini alyuminiy folga 
bilan yoping. Pech tovushli signal 
berganida baliqni aylantiring. Ushbu 
dastur baliqni ham butunligicha, ham 
baliq filesining bo'laklari ko'rinishida 
muzdan tushirish uchun mo'ljallangan.
CE118PTR-X_BWT_DE68-04220P-04_UZ.indd   23
2014-07-16     4:42:42