Samsung MS22M8074AT User Manual

Page of 144
O'zbek  13
Pechdan foydalanish
Quvvat darajalari va tayyorlash vaqtini o'lchash
Quvvat darajasini berish funksiyasi ishlab chiqilayotgan quvvat miqdorini va shu orqali uning turi va miqdoriga bog'liq 
ravishda taom tayyorlash yoki isitish uchun zarur bo'ladigan vaqtni boshqarishga imkon beradi. Oltita quvvat darajalari 
o'rtasida tanlashingiz mumkin.
Quvvat darajasi
Foiz
Chiqish quvvati
YUQORI
100 %
850 Vt
O'RTACHA YUQORI
71 %
600 Vt
O'RTACHA
53 %
450 Vt
O'RTACHA PAST
35 %
300 Vt
MUZDAN TUSHIRISH
21 %
180 Vt
PAST
12 %
100 Vt
Retseptlarda va ushbu ko'rsatmalarda ko'rsatilgan tayyorlash vaqti ma'lum quvvat darajasiga mos keladi.
Agar quyidagini tanlasangiz...
Tayyorlash vaqti quyidagi bo'ladi...
Yuqoriroq quvvat darajasi
Kamroq
Pastroq quvvat darajasi
Ko'proq
Tezkor ishga tushirish
2
1
1.  Taomni pechga joylashtiring. Keyin Yuqoriga va Pastga 
tugmasini bosish orqali pishirish vaqtini tanlang.
Tayyorlash vaqti ko‘rsatiladi.
2.  СТАРТ/+30СЕК (BOSHLASH/+30s) tugmasini bosing.
СВЧ (Mikroto‘lqin) rejimi (850 Vt) boshlanadi. Tayyorlash 
yakunlangandan keyin.
1)  Pech 4 marta tovushli signal beradi.
2)  Ovqat tayyorlash jarayoni yakunlanganini eslatuvchi 
tovushli signal 3 marta (bir daqiqa intervali bilan) 
beriladi.
3)  Displey yana joriy vaqtni ko'rsatadi.
Tayyorlash vaqtini o'zgartirish
СТАРТ/+30СЕК (BOSHLASH/+30s) tugmasini har bosganda 30 soniya qo‘shish orqali taom tayyorlash vaqtini orttirish 
mumkin.
Mikroto‘lqin rejimida СТАРТ/+30СЕК (BOSHLASH/+30s) tugmasi tayyorlash vaqtini uzaytiradi.
• 
Oddiygina eshikchani ochish bilan istalgan vaqtda tayyorlash jarayoni holatini tekshiring
• 
Tayyorlashning qolgan vaqtini orttiring
2
1
1-usul
Tayyorlash vaqtida taom tayyorlash vaqtini orttirish uchun 
qo‘shiladigan har 30 soniya uchun СТАРТ/+30СЕК 
(BOSHLASH/+30s)
 tugmasini bosing.
• 
Misol: Uch daqiqa qo'shish uchun СТАРТ/+30СЕК 
(BOSHLASH/+30s)
 tugmasini olti marta bosing.
2-usul
Tayyorlash vaqtini o‘zgartirish uchun Yuqoriga yoki Pastga 
tugmasini bosish kifoya.
Untitled-1   13
2017-03-28     12:18:05