Samsung MS22M8074AT User Manual

Page of 144
O'zbek  17
Pechdan foydalanish
1. Rus menyulari
Kod
Oziq-ovqat
Porsiya hajmi
Tarkibi
1-1
Quymoq
130-135 g
Tuxum - 3 dona, sut - 30 ml, tuz - 2 g
Ko'rsatmalar
Tuxumni sut va tuz bilan aralashtiring va hosil bo'lgan massani tarelkaga quying. 
Tayyorlashni boshlang.
1-2
Konservalangan 
no'xotli sosiskalar
Sosiska- 2 dona
Qaynoq no‘xat- 132 g
Sosiska - 50 g/2 dona, sariyog' - 5 g, konservalangan no'xat 
- 135 g (quruq vazni)
Ko'rsatmalar
Sanchigan sosiskalarni kosa shaklidagi idishga qo'ying va sariyog' qo'shing. Yog' 
ustidan konservalangan no'xotni joylashtiring. Tayyorlashni boshlang.
1-3
Keks
180 g
Shakar - 45 g, vanilin xushbo‘yli shakar - 5 g, yog‘ - 40 g, 
tuxum - ½ dona, sut - 30 ml, pishirish sodasi - 3 g, un - 100 
g
Ko'rsatmalar
Shakar, vanilinli shakar va sariyog'ni yaxshilab aralashtiring. Tuxum qo'shing. Boshqa 
masalliqlarni qo'shing. Olingan massani yog'langan jomga joylashtiring. Tayyorlashni 
boshlang. Uni jomdan olishdan avval sovushini kuting.
1-4
Limonli qumloq 
pechenye
190 g (5 dona)
Un - 100 g, sariyog‘ - 50 g, shakar - 40 g, tuxum sarig‘i - ½ 
dona, iliq suv - 1 qoshiq, limon po‘stlog‘i, shakar-qiyom 
uchun: Tuxum sarig‘i - 1 dona, shakar kukuni - 3-5 g
Ko'rsatmalar
Barcha masalliqlarni yaxshilab aralashtiring. Beshta sharchalar yasang. Ularni 
mumlangan qog'ozga joylashtiring. Aylanuvchi patnisga joylashtiring. Tayyorlashni 
boshlang. Pech tovushli signal berganida sharchalarni tuxum sarig'i bilan tepasidan 
yog'lang, shakar kukuni seping va tayyorlash jarayonini davom ettiring. Sovushini 
kuting.
Kod
Oziq-ovqat
Porsiya hajmi
Tarkibi
1-5
Moskvacha baliq
270 g
01  Shampinonlar - 30 g, sudak biqin go'shti - 150 g, 
o'simlik yog'i - 5 g
02  Smetana- 30 g (2 x 15 g)
03  Dimlangan kartoshka dumaloq bo‘lagi - 2 dona 60-
70 grammdan, tuz - 5 g, yanchilgan oq qalampir - ½ 
g, qirilgan pishloq - 25 g
Ko'rsatmalar
Qo'ziqorinlarni tarelkaga soling, yoniga baliqni joylashtiring. O'simlik yog'idan tomizing 
(01). Tayyorlashni boshlang. Pech tovushli signal berganida smetana porsiyasining 
yarmini sopol tarelkaga soling (markaziga) (02). Shu smetanaga qo'ziqorinni soling. 
Shunga baliqni ham soling. Unga ziravorlar qo'shing. Baliq atrofiga kartoshkani yoyib 
chiqing. Kartoshkaga pishloqni qo'yib chiqing (03). Tayyorlash jarayonini davom 
ettiring.
1-6
Yojiki
220 g
01  Go'sht (mol go'shti va cho'chqa go'shti) qiymasi - 120 
g (uch qismga bo'ling), oddiy pishirilgan guruch - 40 
g, tuz - 1g, yanchilgan murch - ½ g, mayda to'g'ralgan 
piyoz - 20 g, maydalangan sarimsoqpiyoz - 3 g, tovuq 
buloni yoki quruq konsentratli suv - 100 ml
02  Sous uchun aralashma: Un - 5 g, tomat pastasi - 10 
g, suv - 40 ml
Ko'rsatmalar
Guruchni go'sht qiymasiga qo'shing. Ziravorlarni qo'shing va qo'lda aralashtiring. 
Uchta sharcha yasang. Piyoz va sarimsoqpiyozni chuqur tarelkaga soling. Unga go'shtli 
sharchalarni qo'ying va bulonni qo'shing. Tarelkani pechga joylashtiring.
01  Tayyorlashni boshlang. Sous uchun barcha masalliqlarni tayyorlang.
02  Pech tovushli signal berganida aralashmani go'shtli bitkilar bo'lgan bulonga 
quying. Do'lmani aylantiring va tayyorlash jarayonini davom ettiring.
Untitled-1   17
2017-03-28     12:18:06