Samsung MS22M8074AT User Manual

Page of 144
O'zbek  19
Pechdan foydalanish
Kod
Oziq-ovqat
Porsiya hajmi
Tarkibi
1-13
Sariyog' va tuxum 
sousi qo'shilgan 
qaynatilgan treska
120 g + 53 g sous
Treska filesi - 140-150 g (yoki sudak filesi), limon - 10 g 
(siqilgan sharbat), tuz - 1 g, suv - 30 g, dafna bargi - 1 dona, 
sous: Qattiq qilib pishirilgan tuxum - 20 g (yarimta tuxum), 
to‘g‘ralgan petrushka - 3-5 g, sariyog‘ - 30 g (Mikroto‘lqin 
800 Vt - 1 daq.)
Ko'rsatmalar
Baliq filesiga ziravorlar qo'shing. Uni idishga qo'ying va suv qo'shing. Uni mikroto'lqinli 
pechga qo'ying va tayyorlashni boshlang. Sousni alohida tayyorlang. Tuxumni 
pishiring va mayda bo'laklarga kesing. Petrushkani to'rg'ang va saroyog'ni isiting. 
Barcha masalliqlarni aralashtiring va baliq ustiga qo'ying.
1-14
Sabzavotlar bilan 
dimlangan kurka 
go'shti
315 g
Kurka biqin go‘shti – 150 g, to‘g‘ralgan sukkini - 50 g, 
to‘g‘ralgan piyoz - 15 g, to‘g‘ralgan sabzi - 20 g, tovuq 
go‘shtidan tayyorlangan bulyon yoki suvga aralashtirilgan 
bulyon kubikchasi - 150 ml
Ko'rsatmalar
Barcha masalliqlarni jomga soling va qaynagan bulon qo'shing. Tayyorlashni 
boshlang. Pech tovushli signal berganida biqin go'shtlarini ag'daring, sabzavotlarni 
aralashtiring va tayyorlash jarayonini davom ettiring.
1-15
Pomidor va 
pishloqli sudak
150 g
Sudak filesi - 80-100 g (yoki karp), mayonez - 10 g, tuz - 1 g, 
dumaloq kesilgan pomidor - 50 g, maydalangan pishloq 
- 20 g
Ko'rsatmalar
Baliq filesiga mayonez surting, unga tuz seping. Pomidorni ustiga qo'yish uchun 
tish tozalagichdan foydalaning. Ustiga pishloqni qo'ying. Uni idishga qo'ying va 
tayyorlashni boshlang. Tish tozalagichni olib tashlang.
Kod
Oziq-ovqat
Porsiya hajmi
Tarkibi
1-16
Sabzavotlar bilan 
pishirilgan forel
210-240 g
Sariyog‘ - 10 g (2 x 5 g), yupqa sabzi - 35 g, yupqa 
piyoz - 25 g, qiymalangan sarimsoq 3 g, maydalangan 
selderey barglari - 5 g, forel - 1 dona - 220-250 g, tuz - 1 g, 
yanchilgan oq qalampir - ½ g, sariyog‘ - 5 g
Ko'rsatmalar
Mumlangan qog'oz o'rtasini sariyog' bilan yog'lang. Qog'ozga sabzi, piyoz, 
sarimsoqpiyoz va seldereyni qo'ying. Sabzavotlar ustiga ziravor qo'shilgan forelni 
qo'ying. Baliqning tepa qismini sariyog' bilan yog'lang. Qog'oz bilan yoping. 
Mikroto'lqinli pechga qo'ying va tayyorlashni boshlang.
1-17
Go'sht bilan 
qiymalangan 
bulg'or qalampiri
480-500 g
2 dona
01  Bulg‘or qalampiri - 2 dona 80 grammdan, go‘sht 
qiymasi (mol yoki cho‘chqa go‘shti) - 150-190 g (ikki 
qismga bo‘ling), oddiy qaynatilgan guruch - 10-20 g, 
tuz - 5 g, yanchilgan murch - ½ g, mol go‘shti bulyoni 
yoki quruq konsentratli suv - 200 ml
02  Sous uchun aralashma: Un - 5 g, tomat pastasi - 10 
g, suv - 50 ml
Ko'rsatmalar
Guruchni go'sht qiymasiga qo'shing. Ziravorlarni qo'shing va qo'lda aralashtiring. 
Qalampirning o'zagi va urug'larini olib tashlang. Qalampirni go'sht bilan to'ldiring. 
Uni ichi chuqur jomga joylashtiring va bulyon qo'shing (01). Tayyorlashni boshlang. 
Sous uchun barcha masalliqlarni tayyorlang (02). Pech tovushli signal berganida 
aralashmani qiymalangan qalampirli bulonga quying. Do'lmani aylantiring va 
tayyorlash jarayonini davom ettiring.
1-18
Dudlangan losos 
steyki
150-170 g
Suyaklari va terisi bo‘lgan losos steyki - 200-250 g, tuz - 1 g, 
limon - 15 g (siqilgan sharbat), suv - 20 g
Ko'rsatmalar
Losos steykiga ziravorilarni seping. Uni idishga qo'ying va suv qo'shing. Uni 
mikroto'lqinli pechga qo'ying va tayyorlashni boshlang.
Untitled-1   19
2017-03-28     12:18:06