Samsung MS22M8074AT User Manual

Page of 144
O'zbek  27
Pechdan foydalanish
Issiq tutish xususiyatlaridan foydalanish
Поддержание тепла (Issiq tutish) xususiyati taomni dasturxonga tortilgunicha issiq saqlaydi. Tortishga tayyor 
bo‘lgunicha taomni issiq saqlash uchun shu funksiyadan foydalaning.
IZOH
Maksimal Issiq tutish vaqti 99 daqiqa.
1
1.  Поддержание тепла (Issiq tutish) tugmasini bosing.
2
3
2.  Isitish vaqtini qo‘ymoqchi bo‘lsangiz, Yuqoriga yoki Pastga 
tugmasini bosing.
3.  СТАРТ/+30СЕК (BOSHLASH/+30s) tugmasini bosing.
• 
Taomni isitishni to‘xtatish uchun eshikni oching yoki 
СТОП/ЭКО (TO‘XTATISH/EKO) tugmasini bosing.
DIQQAT
• 
Sovuq taomlarni isitish uchun bu funksiyadan foydalanmang. Bu dastur hozirgina pishgan taomni issiq saqlashga 
mo‘ljallangan.
• 
Taomni uzoq vaqt issiq saqlash tavsiya etilmaydi (1 soatdan oshiq), chunki haddan tashqari pishib ketadi. Issiq taom 
tez buziladi.
• 
Qopqoq yoki plastik o‘ram bilan yopmang.
• 
Taomni qalin qo'lqopdan foydalangan holda oling.
Bolalardan qulflash funksiyalaridan foydalanish
Usbu mikroto'lqinli pechda ichki o'rnatilgan Bolalardan qulflash dasturi mavjud, u bola yoki pechdan foydalanishni 
bilmaydigan odam tasodifiy tarzda pechni yoqib qo'ymasligi uchun pechdan foydalanishni "blokirovka" qilishga imkon 
beradi.
1
2
1.  Замок от детей (Bolalardan qulflash) tugmasini 3 soniya 
bosib turing.
• 
Pech blokirovka qilinadi (funksiyalarni tanlab 
bo'lmaydi).
• 
Displeyda “L” ko‘rsatiladi.
2.  Pech qulfini ochish uchun Замок от детей (Bolalardan 
qulflash) tugmasini 3 soniya bosib turing.
Pechdan odatdagidek foydalanish mumkin.
Tovushli signalni o'chirib qo'yish
Siz istalgan vaqtda tovushli signalni o'chirib qo'yishingiz mumkin.
1
2
1
2
1.  СТОП/ЭКО (TO‘XTATISH/EKO) va СТАРТ/+30СЕК 
(BOSHLASH/+30s) tugmalarini bir vaqtda bosing.
Pech bundan buyon har safar tugmachalar bosilganda 
tovushli signal bermaydi.
2.  Signalni yana yoqib qo‘yish uchun СТОП/
ЭКО (TO‘XTATISH/EKO) va СТАРТ/+30СЕК 
(BOSHLASH/+30s)
 tugmalarini yana birga bosing.
Pech yana tovushli signal bera boshlaydi.
Untitled-1   27
2017-03-28     12:18:08