Redmond RMC-260 Manual De Usuario

Descargar
Página de 120
84
• Foydalanib bo’lgandan so’ng hamda uni to-
zalash yoki ko’chirish vaqtida jihozni rozet-
kadan uzib qo’ying. Elektr tarmog’iga ulash 
shnurini quruq qo’l yordamida o’tkazgichdan 
emas,  balki  vilkadan  ushlagan  holda 
sug’uring.
• Elektr ta’minot shnurini eshik tirqishlaridan 
yoki issiqlik manbalari yaqinidan o’tkazmang. 
Elektr ta’minot shnurining buralib qolmas-
ligi va bukilmasligi, o’tkir buyumlarga, me-
bellarning burchaklari va qirralariga tegib 
turmasligini kuzatib boring.
YODDA TUTING: elektr ta’minot kabelining ta-
sodifan shikastlanishi kafolat shartlariga to’g’ri 
kelmaydigan shikastlanishlarga hamda elektr 
tokining urishiga olib kelishi mumkin. Shikast-
langan elektr ta’minot kabelini xizmat ko’rsatish 
markazida darhol almashtirish talab qilinadi. 
• Jihozni yumshoq yuza ustiga o’rnatmang, 
uni ishlash vaqtida sochiq yoki salfetka bi-
lan yopib qo’ymang — bu qurilmaning qizib 
ketishi va ishdan chiqishiga olib kelishi 
mumkin. 
• Jihozdan  ochiq  havoda  foydalanish 
ta’qiqlanadi — qurilma korpusi ichiga nam-
lik yoki begona buyumlarning kirishi uning 
jiddiy shikastlanishiga olib kelishi mumkin. 
• Jihozni  tozalashdan  avval  uning  elektr 
tarmog’idan uzilganligi va to’liq sovugan-
ligiga ishonch hosil qiling. Jihozni tozalash 
bo’yicha ko’rsatmalarga qat’iy amal qiling. 
Jihoz korpusini suvga botirish yoki uni suv oqimi 
ostiga joylashtirish TA’QIQLANADI!
• Ushbu jihoz jismoniy, asab yoki ruhiy jihat-
dan chetlanishlarga ega bo’lgan yoki tajri-
basi va bilimi yetarli bo’lmagan kishilar 
(jumladan bolalar) tomonidan foydalanish 
uchun mo’ljallanmagan, bunday shaxslar 
ustidan  nazorat  olib  borilayotgan  yoki 
ularning xavfsizligi uchun javobgar shaxs 
tomonidan ularga ushbu jihozdan foydalan-
ish  bo’yicha  ko’rsatmalar  berish 
o’tkazilayotgan hollar bundan mustasno. 
Ularning jihoz, uning ehtiyot qismlari ham-
da uning qadog’i bilan o’ynashlariga yo’l 
qo’ymaslik uchun bolalar ustidan nazoratni 
amalga oshirish lozim. Qurilmani tozalash