Redmond RMC-260 Manual De Usuario
89
RMC-260
UZB
orlanayotgan mahsulotning sifati shunga bog'liq bo'ladi.
Undan foydalanishdan avval kislorod bilan to'yintirish va turli aralashma-
Undan foydalanishdan avval kislorod bilan to'yintirish va turli aralashma-
larni yo'qotish uchun uni elakdan o'tkazish tavsiya qilinadi. Tayyorlash vaqtini
qisqartirish va pishiriqni soddalashtirish uchun non tayyorlash uchun tayyor
aralashmalardan foydalanishni tavsiya qilamiz.
«Отсрочка старта» funksiyasidan foydalanish tavsiya qilinmaydi, chunki bu
«Отсрочка старта» funksiyasidan foydalanish tavsiya qilinmaydi, chunki bu
pishiriq sifatiga ta'sir ko'rsatishi mumkin. Non tayyorlaganda tayyorlashning
barcha bosqichlarida taomni avtomatik isitish funksiyasini o'chirib qo'yish
tavsiya qilinadi. Tayyor mahsulotni u nam bo'lmasligi uchun tayyor bo'lishi
bilanoq multipishirgichdan oling. Agar buning iloji bo'lmasa, mahsulotni av-
tomatik isitish funksiyasi yoqilgan holda qisqa muddatga multipishirgichda
qoldirishga yo'l qo'yiladi.
«МАКАРОНЫ» dasturi
Dastur makaronning turli turlarini tayyorlash uchun mo'ljallangan. U suvni
qaynashgacha olib borish, masalliqlarni solish va ularni keyingi tayyorlashni
o'z ichiga oladi. Suvning qaynaganligi va mahsulotlarni solish kerakligi to'g'risida
tovushli signal xabar beradi. Tayyorlash vaqtining teskari hisobi «Старт» tug-
machasi qayta bosilgandan so'ng boshlanadi.
Standart holatda ushbu dasturdagi tayyorlash vaqti 8 daqiqani tashkil qiladi.
Tayyorlash vaqtini 1 daqiqali o'zgartirish qadami bilan 2 daqiqadan 1 soatgacha
bo'lgan diapazonda qo'lda o'rnatish mumkin. Ushbu dasturida «Автоподогрев»
(«Avtomatik isitish») va «Отсрочка старта» funksiyalaridan foydalanib bo'lmaydi.
Jomni uning foydali hajmining 2/3 qismidan ko'proq miqdorga to'ldirmang.
Ayrim mahsulotlarni (masalan, makaron, chuchvara va boshq.) tayyorlash
vaqtida ko'pik hosil bo'ladi. Uning jomdan tashqariga oqib ketishining oldini
olish uchun mahsulotlarni qaynayotgan suvga solgandan bir necha daqiqa
o'tgandan keyin qopqoqni ochib qo'yish mumkin.
«ПЕЛЬМЕНИ/ХИНКАЛИ» dasturi
Dastur chuchvara, sosiska boshqa yarim tayyor mahsulotlarni tayyorlash uchun
mo'ljallangan. U suvni qaynashgacha olib borish, masalliqlarni solish va ularni
keyingi tayyorlashni o'z ichiga oladi. Suvning qaynaganligi va mahsulotlarni
solish kerakligi to'g'risida tovushli signal xabar beradi. Tayyorlash vaqtining
teskari hisobi «Старт» tugmachasi qayta bosilgandan so'ng boshlanadi.
Standart holatda ushbu dasturdagi tayyorlash vaqti 13 daqiqani tashkil qiladi.
Tayyorlash vaqtini 1 daqiqali o'zgartirish qadami bilan 10 daqiqadan 1 soatga-
cha bo'lgan diapazonda qo'lda o'rnatish mumkin. Ushbu dasturida
«Автоподогрев» («Avtomatik isitish») va «Отсрочка старта» funksiyalaridan
foydalanib bo'lmaydi.
Jomni uning foydali hajmining 2/3 qismidan ko'proq miqdorga to'ldirmang.
Ayrim mahsulotlarni (masalan, makaron, chuchvara va boshq.) tayyorlash
vaqtida ko'pik hosil bo'ladi. Uning jomdan tashqariga oqib ketishining oldini
olish uchun mahsulotlarni qaynayotgan suvga solgandan bir necha daqiqa
o'tgandan keyin qopqoqni ochib qo'yish mumkin.
«МОЛОЧНАЯ КАША» dasturi
Dastur kam yog'likka ega bo'lgan tozalangan sutdan foydalangan holda bo'tqa
tayyorlash uchun mo'ljallangan. Standart holatda ushbu dasturdagi tayyorlash
vaqti 25 daqiqani tashkil qiladi. Tayyorlash vaqtini 1 daqiqali o'zgartirish qad-
ami bilan 5 daqiqadan 4 soatgacha bo'lgan diapazonda qo'lda o'rnatish mumkin.
Sutning qaynab ketishini oldini olish va kerakli natijaga erishish uchun tayyor-
lashdan avval quyidagi harakatlarni bajarish tavsiya qilinadi:
• butun donli (guruch, grechixa, oqlangan tariq va boshq.) barcha yorma-
larni suv shaffof bo'lmagunicha yaxshilab yuvish;
• tayyorlashdan avval multipishirgich jomini sariyog' bilan yog'lash;
• reseptlar kitobidagi ko'rsatmalarga ko'ra masalliqlarni o'lchagan holda
nisbatlarga qat'iy amal qilish (masalliqlar miqdorini qat'iy mutanosib
tarzda kamaytirish yoki orttirish);
• qaymog'i olinmagan sutdan foydalanganda uni 1:1 nisbatda ichimlik suvi
bilan aralashtirish.
Sut va yormalarning xususiyatlari kelib chiqishi va ishlab chiqaruvchiga bog'liq
ravishda farq qilishi mumkin, bu esa ayrim hollarda tayyorlash natijalariga
ta'sir ko'rsatadi.
Sutli bo'tqa tayyorlash uchun yana «МУЛЬТИПОВАР» universal dasturidan
Sutli bo'tqa tayyorlash uchun yana «МУЛЬТИПОВАР» universal dasturidan
foydalanish ham mumkin. Sutli bo'tqa tayyorlash uchun optimal harorat 95°С
ni tashkil qiladi. Masalliqlar miqdori va tayyorlash vaqtini reseptga ko'ra
o'rnating.
«ДЕТСКОЕ ПИТАНИЕ» dasturi
REDMOND RMC-260 multipishirgichi bolalar taomlari hamda o'sish va rivojlan-
ishning turli bosqichlarida ular ustidan qarov bilan bog'liq bo'lgan ko'pgina
masalalarni hal qilishni yengillashtirishga yordam berishi mumkin.
Standart holatda ushbu dasturdagi tayyorlash vaqti 20 daqiqani tashkil qiladi.
Tayyorlash vaqtini 5 daqiqali o'zgartirish qadami bilan 10 daqiqadan 2 soatga-
cha bo'lgan diapazonda qo'lda o'rnatish mumkin.
Multipishirgich bilan birga berilayotgan pazandachilik kitobidan siz bola
uchun turli taomlar reseptlarini topishingiz mumkin, ularni bolaga taom
berishning boshlanishidan tortib maktabgacha yoshigacha berishingiz mum-
kin. Taqdim etilgan reseptlarning barchasi oshpazlarimiz jamoasi tomonidan
ushbu model uchun moslashtirilgan va REDMOND RMC-260 multipishirgich-
ining haqiqiy nusxasida puxta tekshiruvdan o'tkazilgan.
«ТВОРОГ» dasturi
REDMOND RMC-260 pishirgichi yordamida siz yakuniy mahsulot sifatida yoki
boshqa taomlarni tayyorlash uchun masalliq sifatida foydalanishingiz mumkin
bo'lgan uy tvorogini oson va tez tayyorlashingiz mumkin. Ilova qilinayotgan
«200 ta resept» kitobidagi tayyorlash bo'yicha tavsiyalarga amal qiling.
Standart holatda ushbu dasturdagi tayyorlash vaqti 20 daqiqani tashkil qiladi.
Tayyorlash vaqtini 5 daqiqali o'zgartirish qadami bilan 5 daqiqadan 1 soatgacha
bo'lgan diapazonda qo'lda o'rnatish mumkin.
«ДЕСЕРТЫ» dasturi
Dastur desertlarning turli turlarini tayyorlash uchun mo'ljallangan. Standart
holatda ushbu dasturdagi tayyorlash vaqti 30 daqiqani tashkil qiladi. Tayyorlash
vaqtini 5 daqiqali o'zgartirish qadami bilan 5 daqiqadan 2 soatgacha bo'lgan
diapazonda qo'lda o'rnatish mumkin.
«ФРИТЮР» dasturi
Frityur — 130–200°С haroratgacha qizdirilgan hayvon yoki o'simlik yog'i.
Ularni frityurda qovurish yo'li bilan turli mahsulotlarni tayyorlash usuli avvaldan
ma'lum va butun dunyo bo'ylab keng tarqalgan. REDMOND RMC-260 multi-
pishirgichida siz majmua to'plamiga kiruvchi maxsus savatchadan foydalangan
holda friyurda tayyorlashingiz mumkin.
Standart holatda ushbu dasturdagi tayyorlash vaqti 18 daqiqani tashkil qiladi.
Tayyorlash vaqtini 5 daqiqali o'zgartirish qadami bilan 5 daqiqadan 40 daqiqa-
gacha bo'lgan diapazonda qo'lda o'rnatish mumkin. Ushbu dasturida
«Автоподогрев» («Avtomatik isitish») va «Отсрочка старта» funksiyalaridan
foydalanib bo'lmaydi.
1. Jomga reseptga ko'ra qovurish uchun yetarli miqdorda yog' quying. Jomni
jihoz korpusiga qo'ying.
2. «Avtomatik dasturlardan foydalanishdagi harakatlarning umumiy tartibi»
bo'limining 3-8-bandlariga qarang.
3. Dastani frityurda qovurish uchun savatchaga biriktiring. Buning uchun
dasta asosini siqing va uni savatchadagi maxsus tirqishga soling. Dastada-
gi siqishni bo'shating va u maxsus tirqishga mahkamlanadi. Mahsulot-
larni savatchaga bir tekis yoying.
4. Reseptdagi tavsiyalarga amal qiling, ko'rsatilgan vaqtdan keyin qopqoqni
ehtiyotlik bilan oching va mahsulotlar solingan frityurda qovurish uchun
savatchani jomga tushiring. Qopqoqni yopmang.
DIQQAT! Yog' juda qaynoq bo'ladi! Qaynoq bug'dan kuyishni oldini olish uchun
oshxona qo'lqoplaridan foydalaning va qopqoqni ochgan vaqtda jihoz ustiga
engashmang.
5. Tayyorlash dasturi yakunlanishi bilan mahsulotlar solingan qovurish uchun
savatchani ko'taring va yog' oqib ketishi uchun savatchadagi maxsus
ilmoqcha yordamida uni jom qirg'og'iga mahkamlang.
6. Qolgan yog'larni chiqarish uchun taomni dasturxonga tortishdan avval
mahsulotni qog'oz sochiq yoki zich qog'oz salfetkaga shimdiring.
Frityur sifatida faqat tozalangan o'simlik yog'idan foydalaning.
Yog'ni kuchli uzoq yoki ko'p marta qizdirish uning oksidlanishiga olib keladi.
Yog'ni kuchli uzoq yoki ko'p marta qizdirish uning oksidlanishiga olib keladi.
Frityurda mahsulotlarni qayta tayyorlash uchun bitta yog'dan foydalanmang.
«ЭКСПРЕСС» dasturi
Dastur suvda guruch va sochiluvchan bo'tqalar tayyorlash uchun mo'ljallangan.
Dastur suv to'liq qaynaganidan keyin avtomatik o'chirishni ko'zda tutadi. Ushbu
dasturda tayyorlash vaqtini qo'lda o'rnatish va «Отсрочка старта» va
«Автоподогрев» («Avtomatik isitish») funksiyalaridan foydalanib bo'lmaydi.
1. «Avtomatik dasturlardan foydalanishdagi harakatlarning umumiy tartibi»
bo'limining 1-3-bandlariga qarang.
2. Dasturni ishga tushirish uchun kutish rejimida «Старт» tugmachasini
bosing. Tayyorlash rejimi indikatorlari va «Старт» tugmachasi fon chirog'i
yonadi. O'rnatilgan dasturni bajarish boshlanadi.
Yana «Меню» tugmachasini bosish va « » va « » tugmachalari yordamida
ro'yxatdan uni tanlash orqali ham «ЭКСПРЕСС» dasturini ishga tushirish
mumkin. Dastur indikatori displeyda quyuq shrift bilan ajratiladi.
III. MULTIPISHIRGICH USTIDAN
QAROV
Umumiy qoidalar va tavsiyalar
Jihozdan dastlabki foydalanishdan avval hamda tayyorlashdan keyin taom
hidlarni ketkazish uchun yarimta limonni «ПАР» dasturida 15 daqiqa davomida
qaynatishni tavsiya qilamiz.
Tayyorlangan taom bilan yoki suv to'ldirilgan jomni 24 soatdan ortiq vaqt yopiq
multipishirgichda qoldirmang. Tayyor taomli jomni muzlatgichda saqlash va
zarur bo'lgan hollarda isitish funksiyasidan foydalanib multipishirgichda
taomni isitish mumkin.
Agar jihozdan uzoq vaqt foydalanmasangiz, uni elektr tarmog'idan uzib qo'ying.
Ishchi kamera (jumladan qizdirish diski), jom, ichki qopqoq va bug' klapani toza
va quruq bo'lishi kerak.
Jihozni tozalashga kirishishdan avval uning elektr tarmog'idan uzilganligiga va
to'liq sovuganligiga ishonch hosil qiling. Tozalash uchun yumshoq latta va
abraziv bo'lmagan idish yuvish vositalaridan foydalaning.
Jihozni tozalaganda dag'al salfetkalar yoki gunkalar, abraziv pastalardan
foydalanish TA'QIQLANADI. Yana kimyoviy jihatdan faol bo'lgan yoki taomga
tegib turuvchi buyumlar bilan qo'llash uchun tavsiya qilinmaydigan istalgan
moddalardan foydalanishga ham yo'l qo'yilmaydi.
Jihoz korpusini suvga botirish yoki uni suv oqimi ostiga joylashtirish
Jihoz korpusini suvga botirish yoki uni suv oqimi ostiga joylashtirish
TA'QIQLANADI!
Multipishirgichning rezinali qismlarini tozalashda juda ehtiyot bo'ling: ularning
shikastlanishi yoki deformatsiyalanishi jihozning noto'g'ri ishlashiga olib kelishi
mumkin.
Jihoz korpusini ifloslanganlik darajasiga ko'ra tozalash mumkin. Jom, ichki alyu-
min qopqoq va olinuvchi bug' klapanini jihozdan har safar foydalangandan
keyin tozalash lozim. Multipishirgichda tayyorlash jarayonida hosil bo'luvchi
kondensatni jihozdan har safar foydalangandan keyin chiqarib tashlang. Ishki
kameraning ichki yuzalarini zaruratga ko'ra tozalang.
Korpusni tozalash
Mahsulot korpusini yumshoq nam oshxona salfetkasi yoki gubka bilan tozalang.
Nozik tozalash vositasidan foydalanish mumkin. Suv dog'lari va korpusdagi