Samsung Galaxy Tab A 9.7 SM-T 550 16 Gb белый Manual De Usuario

Descargar
Página de 729
O'zbek 
712
Ushbu mahsulotdagi batareyalarni utilizatsiya 
qilish qoidalari
(Ajratilgan holda yig‘ish tizimiga ega bo‘lgan mamlakatlar 
uchun mo‘ljallangan)
Batareya, uning qo‘llanmasi yoki o‘ramidagi ushbu belgi 
shuni anglatadiki, bu mahsulotdagi batareya maishiy 
chiqindilar bilan birga tashlab yuborilmasligi lozim. Belgi 
qo‘yilganda, Hg, Cd yoki Pb kabi kimyoviy belgilar batareya tarkibida 
simob, kadmiy yoki qo‘rg‘oshin miqdori EC Direktiv 2006/66 darajalaridan 
yuqoriligini bildiradi.
Ushbu mahsulot tarkibiga kiritilgan batareya foydalanuvchi tomonidan 
joylashtirish uchun mo‘ljallanmagan. Uni joylashtirish bo‘yicha 
ma’lumotlarni xizmat ta’minotchingizdan olishingiz mumkin. Batareyani 
olishga yoki uni olovga tashlashga urinmang. Batareyani qismlarga 
ajratmang. siqmang yoki teshmang. Agar Siz mahsulot tashlab 
yubormoqchi bo‘lsangiz, chiqindilarni yig‘ish joylarida mahsulotlarni, 
jumladan, batareyalarni ham, utilizatsiya qilish va qayta ishlash bo‘yicha 
tegishli choralar qo‘llaniladi.
Rad etish
Ushbu qurilma orqali ulanadigan ba’zi tarkib va xizmatlar uchinchi 
tomonga tegishli bo‘lib, ular mualliflik huquqi, patent, savdo belgisi va/
yoki boshqa intellektual mulk haqidagi qonunlar bilan himoyalangan. 
Bunday tarkib va xizmatlar faqatgina shaxsiy notijorat maqsadida 
foydalanish uchun taqdim etiladi. Biror bir tarkib yoki xizmatdan uning 
egasi yoki ta’minotchisi tomonidan ruxsat etilmagan maqsadlarda 
foydalanishingiz mumkin emas. Yuqoridagilarga tayangan holda, 
agar tarkib egasi yoki xizmat ta’minotchisi ruxsat bermagan bo‘lsa, 
quyidagilarni bajarish ta‘qiqlanadi: ushbu qurilma orqali ko‘rsatilayotgan 
har qanday tarkib yoki xizmatni o‘zgartirish, nusxalash, qayta tahrirlash, 
yuklab olish, jo‘natish, boshqalarga o‘tkazish, tarjima qilish, sotish, ijodiy 
ishlarni yaratish, ta‘qiqlangan maqsadlarda foydalanish.