Samsung MC32K7055CT Manual De Usuario

Descargar
Página de 256
14  O'zbek
Pechdan f
oy
dalanish
Pechdan foydalanish
Taom tayyorlashni to'xtatish
Tayyorlash jarayonini istalgan vaqtda to'xtatish mumkin, bu quyidagi harakatlarni bajarishga imkon beradi:
•  Taom tayyorlashni nazorat qilish
•  Taomni ag'darish yoki aralashtirish
•  Dimlab pishirish uchun qoldirish
Tayyorlash jarayonini 
to'xtatish uchun...
Quyidagilarni bajaring...
Vaqtinchalik
Eshikchani oching yoki СТОП/ЭКО (TO‘XTATISH/EKO) tugmasini bir marta bosing.
Natija: 
Taom tayyorlash to'xtatiladi.
Tayyorlashni davom ettirish uchun yana eshikni yoping va СТАРТ/+30s (START/+30S) 
tugmasini bosing.
To'liq
СТОП/ЭКО (TO‘XTATISH/EKO) tugmasini bir marta bosing.
Natija: 
Taom tayyorlash to'xtatiladi.
Pishirish sozlamalarini bekor qilmoqchi bo'lsangiz, yana СТОП/ЭКО (TO‘XTATISH/EKO) 
tugmasini bosing.
Quvvatni tejash rejimini o'rnatish
Bu pechda quvvatni tejash rejimi bor.
•  СТОП/ЭКО (TO‘XTATISH/EKO) tugmasini bosing.
Natija: 
Displey o'chadi.
•  Quvvatni tejash rejimidan chiqish uchun eshigini oching 
yoki СТОП/ЭКО (TO‘XTATISH/EKO) tugmasini bosing, keyin 
displeyda joriy vaqt ko'rsatiladi. Pech foydalanish uchun 
tayyor bo'ladi.
IZOH
Avtomatik energiyani tejash funksiyasi
Agar moslama sozlashning o'rtasida yoki vaqtinchalik to'xtash holatida ishlayotgan bo'lganda hech qanday funksiyani 
tanlamasangiz, 25 daqiqadan keyin funksiya bekor qilinadi va soat ko'rsatiladi.
Eshigi ochiq tursa, 5 daqiqadan keyin pech chirog‘i o‘chadi.
Tayyorlash vaqtini o'zgartirish
СТАРТ/+30s (START/+30S) tugmasini har bosganda 30 soniya qo'shish orqali taom tayyorlash vaqtini orttirish 
mumkin.
•  Oddiygina eshikchani ochish bilan istalgan vaqtda tayyorlash jarayoni holatini tekshiring
•  Tayyorlashning qolgan vaqtini orttiring
1
2
1-usul
Tayyorlash vaqtida taom tayyorlash vaqtini orttirish uchun 
qo'shiladigan har 30 soniya uchun СТАРТ/+30s (START/+30S) 
tugmasini bosing.
•  Masalan: Uch daqiqa qo'shish uchun СТАРТ/+30s 
(START/+30S) tugmasini olti marta bosing.
2-usul
Shunchaki Funksiyalarni tanlash doiraviy shkalasini burash 
orqali tayyorlash vaqtini o‘zgartiring.
•  Tayyorlash vaqtini orttirish uchun o'ngga va tayyorlash 
vaqtini kamaytirish uchun chapga burang.
MW7000K_MC32K7055CT_BW_DE68-04443A-01_RU+UK+KK+UZ.indb   14
2016-09-05     1:45:21