Samsung NV70H3350CE/WT Manual De Usuario

Descargar
Página de 80
O'zbek - 11
pech boshqaruv tugmachalari
Old ko'rinishi
Old paneli zanglamaydigan po'lat, shisha, oq, qora va och jigar rang kabi turli materiallardan 
yasalgan va turli ranglarda bo'lgan variantlarda mavjud. Sifatni yaxshilash maqsadida ko'rinishi 
o'zgarishi mumkin.
anjomlar
DIQQAT: Anjomni taglikka to'g'ri biriktirganligingizga ishonch hosil qiling. Patnislar bilan pech 
tubi o'rtasida kamida 2 sm masofa bo'lishi kerak, aks holda emal yuza shikastlanishi mumkin.
OGOHLANTIRISH: Pechdan taom va/yoki anjomlarni chiqarayotganda juda ehtiyot 
bo'lishingiz kerak. Issiq taom, anjom va yuzalardan kuyib qolishingiz mumkin!
Pishirish patnisi
Pishirish patnisidan piroglar, pechenyelar va boshqa pishiriqlarni tayyorlash 
uchun foydalanish mumkin.
Tomchilash patnisi (Xaridor xohishiga binoan qo'shimcha ravishda sotiladi)
(Chuqur) tomchilash patnisi qovurish uchun mosdir. Undan suyuqliklarning 
pech tubiga tomishlarini oldini olish uchun kichkina panjara bilan birgalikda 
foydalanish mumkin.
Kichkina panjara (Xaridor xohishiga binoan qo'shimcha ravishda sotiladi)
Kichkina panjaradan grilda tayyorlanadigan va qovuriladigan taomlar uchun 
foydalanilishi kerak. Undan suyuqliklarning pech tubiga tomishlarini oldini 
olish uchun tomchilash patnisi bilan birgalikda foydalanish mumkin.
Katta panjara (Xaridor xohishiga binoan qo'shimcha ravishda sotiladi)
Katta panjaradan grilda tayyorlanadigan va qovuriladigan taomlar uchun 
foydalanilishi kerak. Siz undan kastryullar va boshqa pishirish jomlari bilan 
birga foydalanishingiz mumkin.
Teleskopik sirpanuvchi yo'naltirgich (Xaridor xohishiga binoan 
qo'shimcha ravishda sotiladi)
•  Panjara, pishirish yoki qovurish kastryulini kiritish uchun avval teleskopik 
yo'naltirgichlarni ma'lum darajagacha suring.
•  Patnis yoki kastryulni yo'naltirgichlarga joylashtiring va ularni pech ichiga 
to'liq surib kiriting. Pech eshigini teleskopik yo'naltirgichlarni pech ichiga 
surib kiritganingizdan keyingina yopishingiz kerak.
04
  PECHNING BOSHQARUV TUGMACHALARI VA ANJOMLARI
Haroratni nazorat 
qilish dastasi
Funksiya 
tanlash dastasi
Vaqt tanlash 
dastasi
Derazali displey
NV70H3350CE_WT_DG68-00534A-01_UZ.indd   11
2014-07-15     4:38:33