Samsung 10.1 GT-N8010EAAHO Manual De Usuario

Los códigos de productos
GT-N8010EAAHO
Descargar
Página de 476
O'zbek 
464
Rad etish
Ushbu qurilma orqali ulanadigan ba’zi tarkib va xizmatlar uchinchi tomonga 
tegishli bo‘lib, ular mualliflik huquqi, patent, savdo belgisi va/yoki boshqa 
intellektual mulk haqidagi qonunlar bilan himoyalangan. Bunday tarkib va 
xizmatlar faqatgina shaxsiy notijorat maqsadida foydalanish uchun taqdim 
etiladi. Biror bir tarkib yoki xizmatdan uning egasi yoki ta’minotchisi tomonidan 
ruxsat etilmagan maqsadlarda foydalanishingiz mumkin emas. Yuqoridagilarga 
tayangan holda, agar tarkib egasi yoki xizmat ta’minotchisi ruxsat bermagan 
bo‘lsa, quyidagilarni bajarish taqiqlanadi: ushbu qurilma orqali ko‘rsatilayotgan 
har qanday tarkib yoki xizmatni o‘zgartirish, nusxalash, qayta tahrirlash, yuklab 
olish, jo‘natish, boshqalarga o‘tkazish, tarjima qilish, sotish, ijodiy ishlarni 
yaratish, taqiqlangan maqsadlarda foydalanish.
UCHINCHI TOMON TARKIB VA XIZMATLAR TA’MINOTI “KAFOLATLANMAGAN”. 
SAMSUNG TARKIB YOKI XIZMATLARNI ISTALGAN MAQSADDA, ANIQ 
YOKI NAZARDA TUTILGAN HOLATDA ISHLATILISHI TA’MINLANISHINI 
KAFOLATLAMAYDI. SAMSUNG NAZARDA TUTILUVCHI SHARTLARNI QAT’IYAN 
RAD ETADI, MA’LUM MAQSADNI KO‘ZLOVCHI TOVAR VA YAROQLILIK KAFOLATI 
BILAN CHEKLAMAY, ULARNI O‘Z ICHIGA OLGAN HOLDA. SAMSUNG HECH 
QACHON USHBU QURILMA ORQALI OLINUVCHI TARKIB YOKI XIZMATLARNING 
ANIQLIGI, ASOSLANGANLIGI, PUNKTUALLIGI, QONUNIYLIGI VA TO‘LIQLILIGINI 
KAFOLATLAMAYDI, JUMLADAN, USHBU QURILMA ORQALI OLINUVCHI TARKIB 
YOKI XIZMATLARDAN YOKI ULARDAGI MA’LUMOTLARDAN FOYDALANISH 
ORQALI KELUVCHI, U SHARTNOMA YOKI IJTIMOIY TAMOYIL BO‘LISHIDAN 
QAT’IY NAZAR, BEVOSITA, BILVOSITA, TASODIFIY YOKI ATAYIN YETKAZILGAN 
ZARARLAR, ADVOKATLAR UCHUN GANORARLAR YOKI BOSHQA XARAJATLAR 
UNDIRIB BERILMAYDI.”
Uchinchi tomon xizmatlari istalgan vaqtda to‘xtatilishi yoki uzib qo‘yilishi 
mumkin va Samsung har qanday tarkib yoki xizmatdan ma’lum bir muddat 
davomida foydalanish mumkinligi haqida hech qanday tasdiq yoki kafolat 
bermaydi. Uchinchi tomon tarkib va xizmatlari Samsung tomonidan nazorat 
qilinmaydigan uzatish tarmoqlari va vositalari orqali uzatiladi. Ushbu 
qo‘shimcha shartlarni chegaralamagan holda, Samsung ushbu qurilma orqali 
foydalaniluvchi har qanday tarkib yoki xizmatning to‘xtatilishi yoki uzib 
qo‘yilishi uchun hech qanday javobgarlikni o‘z bo‘yniga olmaydi.
Samsung tarkib va xizmatlar bilan bog‘liq foydalanuvchilarni qo‘llab-quvvatlash 
uchun javobgar emas. Tarkib yoki xizmat bilan bog‘liq har qanday so‘rov yoki 
yordam uchun ushbu tarkib yoki xizmat ta’minotchilariga murojaat qilinishi 
lozim.